Syuy yuan
Qiyofa
Syuy yuan (taxminan mil. av. 340-278 yillar) — xitoy sheʼriyati tarixida nomi maʼlum boʻlgan birinchi shoir. Sheʼrlarida poymol boʻlgan adolat, vatan taqdiri uchun azob chekuvchi olijanob qalb olami, yuksak axloqiy orzularga sadoqat aks ettirilgan ("Vatan yoʻlida fido boʻlish", "Poytaxt Inu xayolida yigʻlayman"; "Xoʻrlangan kishining qaygʻusi" marsiyadostoni va boshqalar). S.Yu. xitoy mumtoz adabiyotidagi asosiy sheʼriy janrlardan biri — "chutsi"ni yaratgan; uning ijodi folklor sheʼriyatidan soʻz sanʼatining yuksak bosqichlariga oʻtishidan dalolat beradi. Tuhmat qurboniga aylanib, quvgʻunda yashagan va oʻzini oʻzi oʻldirgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |