Szidonia Vajda
Vajda Szidónia | |
---|---|
Toʻliq ismi | Lázárné Vajda Szidónia |
Mamlakat | Vengriya |
Tugʻilishi |
20-yanvar 1979-yil Odorheiu Secuiesc, Rumiya |
Saravha |
Xalqaro magistr Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2418 (yanvar 2008-yil) |
Szidónia Lázárné Vajda (née Vajda; talaffuzi: Sidoniya Vayda; 1979-yil 20-yanvarda Ruminiyada tugʻilgan) — rumin — venger ayol shaxmatchisi. Szidonia Vajda FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U 2004 va 2015 yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Vengriya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblikni q`olga kiritgan.
Shaxmatdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Szidónia Lázárné Vajda 1995-yilda shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Yevropa chempionatining 16 yoshgacha boʻlgan qizlar boʻlimida gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi va oltin medal sohibasiga aylandi.
U 1999-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 3-Ayollar jamoalari oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan, Ruminiya terma jamoasi safida dona surgan.[1]
Szidónia Lázárné Vajda Vengriya terma jamoasi safida ham bir qator musobaqalarda faol ishtirok etgan. U terma jamoa bilan 2002, 2004, 2006 va 2008-yillarda oʻtkazilgan shaxmat olimpiadalarida Vengriya nufuzi uchun bahslar olib borgan.[2] Jumladan, u mashhur venger ayol grossmeysterlar Ticia Gara va singlisi Anita Garalar bilan bir jamoada oʻynagan.
2009-yilda u Paksdagi 1- Teller Ede memorialida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.[3]
2015-yilda esa Budapeshtdagi „Xalqaro ayollar bahor shaxmat festivali“ xalqaro shaxmat musobaqasida ishtirok etdi. Mazkur shaxmat musobaqasida Ticia Gara va Yveta Reylich bilan birinchi oʻringa davogar boʻldi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Szidónia Lázárné Vajda GM Levente Vajdaning singlisi.[4]
Maʼlumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „3rd European Team Chess Championship (women): Batumi 1999“. OlimpBase. Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.
- ↑ „Women's Chess Olympiads: Szidónia Vajda“. OlimpBase. Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.
- ↑ „1st Teller Ede Memorial WGM“. FIDE. Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.
- ↑ „The chess games of Szidonia Vajda“. ChessGames.com. Qaraldi: 29-aprel 2011-yil.