Türkmen Owazy
Türkmen Owazy | |
---|---|
„Türkmen owazy“ teleradioýaýlymy | |
Mamlakat | Turkmaniston |
Namoyish vaqti | tunu-kun |
Namoyish hududi | Turkmaniston |
Til(lar)i | turkmancha |
Boshqaruv markazi | Ashxobod |
Tasvir formati | 16:9 |
Mazmuni | musiqiy kanal |
Efirga chiqqan | 2009-yil 1-yanvar |
Rahbarlari | Kerwen Aýdogdyýew[1] |
Sayt | http://turkmentv.gov.tm/page/12 |
Türkmen Owazy (Turkman ovozi) — Turkmanistonning musiqiy telekanali. 2009-yil 1-yanvardan boshlab[2] „TürkmenÄlem 52°E“ sunʼiy yoʻldoshi orqali kunu-tun rejimida uzatila boshlagan. Turkmaniston televideniyesining beshinchi telekanalidir. Efir turkman tilida olib boriladi.
Telekanal shtab kvartirasi Ashxobod shahrida joylashgan. Telekanal Turkmaniston televideniyesi Bosh direksiyasi tomonidan tashlik etilgan boʻlib, Turkmaniston Davlat televideniye, radiouzatish va kinematografiya qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadi. Telekanal turkmanistonlik baxshilar, musiqachilar va qoʻshiqchilarining eng yaxshi ijod namunalarini ommalashtirish va turkman sanʼatkorlari erishayotgan yutuqlarni dunyo hamjamiyatiga koʻrsatish maqsadida ochilgandir[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil 17-dekabrda Vazirlar Mahkamasi yigʻilishida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov „Türkmen Owazy“ nomli yangi telekanal tashkil etilishi toʻgʻrisidagi farmoyishga imzo chekdi[3]. 2009-yil 1-yanvardan boshlab efirga uzatishni boshlagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Назначен новый директор музыкального телеканала «Türkmen owazy»“ (ru-RU). Хроника Туркменистана (2020-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-aprel.
- ↑ C 1 января 2009 года в Туркменистане начнёт вещание музыкальный телеканал. // turkmenistan.ru (18 декабря 2008 года)
- ↑ 3,0 3,1 В Туркмении с нового года появится новый телеканал «Туркмен овазы». // ЦентрАзия (18 декабря 2008 года)