T. Harv Eker
T. Harv Eker | |
---|---|
Tavalludi |
10-iyun 1954-yil |
Fuqaroligi | Kanada |
Kasbi | Notiq |
Bolalari | 2 ta |
T. Harv Eker (1954-yil 10-iyunda tugʻilgan) — boylik haqidagi nazariyalari bilan tanilgan biznesmen va notiq. U HarperCollins tomonidan chop etilgan „Secrets of the Millionaire Mind“ kitobining muallifidir[1].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eker Ontario shtatining Toronto shahrida tugʻilgan va bolalik davri oʻsha yerda oʻtgan. Eker Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan.
Nazariyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eker oʻzining kitobida boylarning moliyaviy rejalari kambagʻallar va oʻrta sinflarnikidan farq qiladigan 17 ta usulni sanab oʻtgan. Ushbu roʻyxatda yoritilgan mavzulardan biri shuki, boylar oʻz imkoniyarlarini cheklovchi oʻylardan voz kechadilar, ammo muvaffaqiyatsiz odamlar ularga boʻysunadilar[2]. Ekerning taʼkidlashicha, Boylar „Men oʻz hayotimni barpo etaman“, kambagʻal odamlar esa „Hayotda faqat men bilan shunday voqealar sodir boʻladi“ degan gʻoyalarga tayanishadi. Boy odamlar imkoniyatlarga, kambagʻallar esa toʻsqinliklarga diqqat-eʼtiborini qaratadilar, shuningdek, boylar muvaffaqiyatli odamlarga qoyil qolishadi, kambagʻallar esa boy va muvaffaqiyatli odamlardan nafratlanishadi[3].
Tadbirkorlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eker, Peak Potentials Training seminar kompaniyasiga asos solgan. Peak Potentials press-reliziga koʻra, kompaniya keyinchalik, 2011-yilda tadbirlar ishlab chiqaruvchi Success Resources kompaniyasi tomonidan sotib olingan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Secrets of the millionaire mind. HarperCollins Publishers, 2005. ISBN 9780060763282.
- ↑ „Secrets of the Millionaire Mind“. Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr.
- ↑ „SunSentinel: To Be Wealthy, First Learn What Makes You Tick“. 2017-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-oktyabr.
- ↑ (November 8, 2011) Success Resources Acquires Peak Potential PR Log