Kontent qismiga oʻtish

TEAM University

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
TEAM Universiteti
TEAM University

TEAM Universitetining kampusi kechki ko'rinishi
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2020
Rektori Alisher Xasanov
Manzili
146 Temur Malik ko'chasi, Yashnobod tumani, Toshkent, Oʻzbekiston 100050
Kampusi Toshkent shahri
Veb-sayti teamuni.uz

TEAM University – bu O'zbekistonning Toshkent shahridagi xususiy tadbirkorlik universiteti. Universitet Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18- apreldagi 241-sonl[1] qarori bilan tashkil topgan va Ta'lim Sifatini Nazorat qilish Davlat Inspektsiyasining 0007-sonli litsenziyasini[2] Universitet O'zbekistondagi birinchi tadbirkor universiteti bo'lib, xususiy nodavlat ta'lim muassasasi sifatida tashkil etilgan. 2020 yilda TEAM Universiteti Umumta'lim kursiga (International Foundation Course, Buyuk Britaniyaning NQF 3-bosqichi) dastlabki qabul boshlandi, u 2020 yil 29- iyulda Sifatni Ta'minlash Agentligi (QAA) tomonidan tavsiya etilgan tasdiqlash jarayonidan o'tdi. TEAM Universiteti talabalarga Umumta'lim kursini (International Foundation Course) o'qishni qishda, 1-fevraldan[3], boshlashni taklif qilgan kam sonli universitetlardan biri hisoblanadi.

2021 yildan boshlab,TEAM o’quv yo’nalishlar bo'yicha bakalavriat dasturlariga (Buyuk Britaniyaning 4, 5, 6 darajalari) qabul qilishni boshlaydi:

  • Tadbirkorlik va xalqaro biznes
  • Tadbirkorlik va raqamli innovatsiyalar
  • Tadbirkorlik va ijodiy sohalar

Hamkor muassasa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TEAM o'z dasturlarini tasdiqlash, ishlab chiqish va sifatini ta'minlash uchun Buyuk Britaniyaning London South Bank University (LSBU) bilan hamkorlik qiladi. LSBU Buyuk Britaniyaning boshqa potentsial nomzodlar qatorida sinchkovlik bilan ko'rib chiqildi va TEAM hamkori sifatida tanlandi. Bunga 2016 yilgi The Times va Sunday Times Good University Guide.[4] nashrlari tomonidan 2016 yilgi “Eng yaxshi tadbirkor Universiteti” deb topilgan tadbirkorlik ta'limidagi ko'magi va mukammalligi sabab bo’ldi.

Vasiylik Kengashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

TEAM Universiteti ham ta'sischilarni, ham mustaqil a'zolarni o'z ichiga olgan Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. 2020 yil 29-oktyabr holatiga Boshqaruv tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Alan P. Frans, OBE - mustaqil rais
  • Zafar Hoshimov - asoschisi
  • Hikmat Abduraxmonov - asoschisi
  • Muzaffar Qosimov - asoschisi
  • Timur Abduqayumov - asoschisi
  • Endryu Vahtel - mustaqil a'zo
  • Aleksandr Volkov - mustaqil a’zo
  • Eldor Mannopov - mustaqil a’zo
  • Nazira Beyshenalieva - mustaqil a’zo
  • Alisher Xasanov - Bosh direktor / rektor

Ko’zlangan natija, vazifa va qadriyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko’zlangan natija

[tahrir | manbasini tahrirlash]
TEAM Universitetining O'quv-Resurs Markazi, Working space

TEAM universiteti rasmiy veb-sayti teamuni.uz[5] ma'lumotlariga ko'ra TEAM universiteti quyidagilarga intiladi:

  • Markaziy Osiyodagi yetakchi xususiy tadbirkorlik universitetlaridan biri sifatida xalqaro miqiyosida tan etilish.
  • Ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish va butun jamiyat uchun qadriyatlarni yaratishda ishtirok etish.
  • Ta'lim sifati va uning talabalari, xodimlari va bitiruvchilari faoliyati orqali qiymat yaratish.

Amaliy tadqiqotlar va akademik mukammallikda tan olinishi uchun harakat qilish.

TEAM Universitetning vazifasi[6]

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Refleksiv tadqiqotlarni ko'zlagan hamda vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartiradigan professionallar va tadbirkorlar avlodiga aylanadigan talabalarni o'qitish.
  • Talabalarni ilhomlantirish va rag'batlantirish uchun amaliy, ilmiy va ijtimoiy jixatdan ahamiyatli ta'lim bilan ta'minlash

TEAM Universitetning qadriyatlar[7]

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Inklyuzivlik va tenglik
  • Ochiqlik va halollik
  • Tanqidiy muloqot va samimiylik
  • Omadsizlikka bardosh - omadni qadrlash

O’quv yo’nalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumta'lim kursi (International Foundation Course)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
TEAM Universitetining O'quv-Resurs Markazi, Working space

Umumta'lim kursi[8] (IFC) talabalarni Buyuk Britaniyaning bakalavr dasturlariga tayyorlash uchun mo'ljallangan bir yillik kunduzgi dasturdir. Kurs talabalarni bakalavriat dasturini muvaffaqiyatli akademik izlash uchun kerakli ko'nikma va malakalarga ega qilish uchun yaratilgan. Ushbu kursni muvaffaqiyatli tugatgan barcha talabalar TEAM Foundation sertifikatiga ega bo'ladilar va TEAM Universitetida taqdim etilgan bakalavriat dasturlaridan biriga qabul qilinadilar.

Tadbirkorlik va xalqaro biznes

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadbirkorlik va raqamli innovatsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadbirkorlik va ijodiy sohalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
TEAM Universitetining O'quv-Resurs Markazi, Discussion Area
TEAM Universitetining O'quv-Resurs Markazi, Meeting Room
Nelson Mandelaga bag’ishlangan hudud, TEAM University

TEAM universiteti xilma-xillikni qo'llab-quvvatlaydi va o'z harakatlarida o'z ko’zlangan natijani va vazifasini amalga oshiradi. ko’zlangan natija va vazifa bino me'morchiligida va binolarni tematik bezashida aks etadi. Sinf xonalari va ijtimoiy joylar turli mamlakatlardan kelgan olimlar, rassomlar, ijtimoiy tadbirkorlar, investorlar, ishbilarmonlarning turli xil belgilariga, turli xil kelib chiqishi, jinsi va qobiliyatlariga bag'ishlangan. Universitetda Nelson Mandela, Malala Yusufzay, Stiven Hoking, J.K. Rouling, Pavel Durov, Sundar Pichay, Sheril Sendberg, Uorren Baffet, Ilon Mask uchun bag'ishlangan auditoriyalar mavjud.

Binoni loyihalashda ijtimoiy hudud va o'z-o'zini o'rganishga bag’ishlangan hududlarga alohida e'tibor berildi. Ular bino bo'ylab joylashgan va ko'pincha ta'lim maqsadlariga xizmat qiladi. Yerto'la maydoni ochiq havoda amfiteatr sifatida ishlab chiqilgan bo'lib, u kun davomida ma'ruzalar, ijtimoiy aloqalar, o'quv mashg'ulotlari, sinfdan tashqari ishlar va boshqa maqsadlar uchun ishlatilishi mumkin. Universitetning o'quv resurs markazida ta'lim olish uchun ko'plab joylar mavjud.

O'quv-resurs markazining dizayni ochiqlik va shaffoflik falsafasi asosida yaratilgan. Markazda ma'ruza xonalari va xususiy xonalar, guruhda ishlash xonalari, kafelar, kitoblar uchun va shaxsiy javonlar, yig'ilish xonalar, videofilmlarni ko’rish uchun xonalar mavjud. Birinchi va ikkinchi qavatlar o'quv xonalari, ijtimoiy joylar va idoralar bilan aralash hudud.

TEAM universiteti Toshkentning jadal rivojlanayotgan tumanlaridan biri - Yashnobod tumanida joylashgan. Universitet atrofida yirik shaharsozlik loyihalari amalga oshirilmoqda, jumladan ustki metro qurilishi (Yashnobod), Parkent va Maxtumkili ko'chalarining rekreatsion loyihalari, shuningdek, Qorasuv uy-joy loyihasi. Universitet atrofi xilma-xil bo'lib, Toshkent va O'zbekistonga xos madaniy aralashmani aks ettiradi. Yaqin orada Masjid va Arman pravoslav cherkovi mavjud. Do'stobod mahallasi, Qorasuv kanali bo'yi va Tuzel aerodromi ham universitetga yaqin masofada joylashgan.

Universitet manzili: 100050, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv bo'yi ko'chasi (Temur Malik), 146.

  1. TEAM Universitetini tashkil etish to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (April 2020).
  2. Лицензия номер 0007 (Wayback Machine saytida 2021-03-03 sanasida arxivlangan) olgan.
  3. International Foundation Course Winter Intake (Wayback Machine saytida 2020-12-03 sanasida arxivlangan).
  4. Entrepreneurial University of the Year 2016 Winners.
  5. TEAM University Vision (Wayback Machine saytida 2020-12-03 sanasida arxivlangan).
  6. TEAM University Mission (Wayback Machine saytida 2020-12-03 sanasida arxivlangan).
  7. TEAM University Values (Wayback Machine saytida 2020-12-03 sanasida arxivlangan).
  8. International Foundation Course at TEAM University (Wayback Machine saytida 2020-12-03 sanasida arxivlangan).