Taʼbirnoma
Taʼbirnoma – tush taʼbirini bayon qiluvchi kitoblar majmui. Taʼbirnomada tush va uning turlari, tush koʻrish holati va paytlari, taʼbir aytish usuli va shartlari bayon qilinadi. Taʼbirnoma asosida tush yoʻyuvchilarni taʼbirchi, muabbir, roʻyochi deb atashgan. Taʼbirchidan folbinlik (tush koʻrgan odamning agʻvoli, mijozi va ismini yaxshi bilish, koʻrilgan narsani yaxshi va yomon fol ochib, soʻngra taʼbirini aytish) talab qilingan.
Eng qadimiy taʼbirnoma xitoycha „Itszin“ nomli asardir. Turkiy tildagi dastlabki taʼbirnoma XVIII asr oʻrtalari – IX asr boshlarida Sharqiy Turkistonda yaratilgan, asl nomi „Irq bitigi“dir. U moniylik va shamanlik gʻoyalarini oʻzida mujassamlashtirgan. Kitobning maqsadi odamlarni ezgulikka chorlash, muayyan axloqiy prinsiplarni targʻib va tashviq qilishdir.
Qadimiy turkiy davrdagi yana bir „Irq bitigi“ moniy yozuvida bitilgan boʻlib, taxminan IX asr boshlariga mansub. Unda qadimiy turkiylarning maʼlum bir detallar yoki hodisalarga asoslangan holda olamni anglashga intilishi ayon boʻladi. Ushbu kitobda buddaviylik oqimining taʼsiri ham bor, chunonchi, odam har qanday vaziyatda, yaʼni koʻrgan tushi yaxshi yoki yomon natija keltirishidan qatʼiy nazar, ezgu ishlar qilishi va burhonlar xizmatida boʻlishi lozim. Umuman, ezgulik va xayrli ishlar toʻgʻrisidagi oʻgitlar barcha taʼbirnomalarning tub mohiyatini tashkil etadi.
Taʼbirnomalar ichida fors tilidagi „Komil uttaʼbir“ oʻzining mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu kitob XX asr boshlarida toshkentlik Mullo Azimxonkrri binni Mullo Yusufxon tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan („Komil uttaʼbiri turkiy“, 1916).
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |