Taassurot. Quyoshning chiqishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taasurot. Quyoshning chiqishi
(inglizcha: Impression, soleil levant)
Claude Monet, 1872
Moybo'yoq
48 × 63 sm
Marmottan-Mone muzeyi, Parij

Taassurot. Quyoshning chiqishi (fransuzcha: Impression, soleil levant) — Claude Monet tomonidan 1872-yil Gavr portidan turib chizilgan va impressionizm janriga nom bergan kartina[1].

Rasm birinchi marta 1874-yilda fotograf Nadarning sobiq studiyasida boʻlib oʻtgan koʻrgazmada namoyish etilgan. Bu rasm impressionizm yoʻmalishining ilk asari deb hisoblanishida esa jurnalist Louis Leroyning hissasi katta[2].

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monet 1872-yilda Fransiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi oʻzining tugʻilgan shahri Gavrga tashrif buyuradi va port tasvirlangan bir qator asarlarni yaratishga kirishdi. Oltita chizilgan rasmlarda portni tongda, kunduzi, kechqurun turli koʻrinishlarda, baʼzilarida suvning oʻzidan, boshqalari esa port yaqinidagi mehmonxonadan tasvirlagan[3]. Taassurot. Quyoshning chiqishi 1874-yil aprel oyida Parijda ,,Rassomlar, haykaltaroshlar va oʻymakorlar koʻrgazmasida eʼlon qilinganidan soʻng mashhurlikka erishdi. 1985-yil rasm Marmottan Monet muzeyidan Philippe Jamin va Youssef Khimoun tomonidan oʻgʻirlangan. 1990-yilda topiladi va muzeyga qaytariladi. 1991-yildan boshlab yana koʻrgazmaga qoʻyilishi boshlangan[4].

Taassurot va impressionizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monetning aytishi boʻyicha, u rasmga nomni biroz xira koʻrinish uchun shunday tanlagan. ,,Ular mendan katalog uchun rasmga nom berishni soʻrashdi, men esa ularga ,,Taassurot qoʻying deya javob qaytardim. Asar nomini tushuntirishga qoʻshimcha ravishda, sanʼatshunos Pol Smitning taʼkidlashicha, Monet oʻz rasmini tugallanmagan yoki tavsifiy tafsilotlar yoʻqligi ayblovlarini oqlash uchun rasmga „ Taassurot“ deb nom bergan boʻlishi mumkin. Rasmning nomi katalog uchun shoshqaloqlik bilan tanlangandek tuyulsa-da, „impressionizm“ atamasi yangi emas edi. U bir muncha vaqt davomida Barbizon maktabining rasmlari taʼsirini tasvirlash uchun ishlatilgan . Maktab bilan bogʻliq boʻlgan Daubigny va Manet bu atamani oʻz asarlarini tasvirlash uchun ishlatishlari maʼlum edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Vinciane, Laumonier „IMPRESSION, SOLEIL LEVANT : HISTOIRE D’UN TABLEAU MYTHIQUE“. normandie-tourisme.fr. SLB Christian-Baraja. Qaraldi: 9-iyun 2023-yil.
  2. Musumeci, Loris „«Impression, soleil levant»“. leregardlibre.com. Qaraldi: 9-iyun 2023-yil.
  3. Brettell, Richard R.. Impression : painting quickly in France 1860-1890. New Haven [u.a.]: Yale Univ. Press [u.a.], 2000 — 126 bet. ISBN 0300084463. 
  4. Blake Evemy, Benjamin „Great Art Heists of History: Masked Gunmen Take Monet“. mutualart.com. Qaraldi: 9-iyun 2023-yil.