Kontent qismiga oʻtish

Tabaqoti Nosiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tabaqoti Nosiriy (forscha: طبقات ناصری) — Sulton Nosiruddin sharafiga fors tilida Minxojiddin Sirojiddin Juzjoniy[1] tomonidan yozilgan islom olami tarixi haqidagi asar bo'lib, 1260-yilda yozib tugallangan[2]. 23 tabaqadan iborat boʻlib, oddiy va tushunarli uslubda yozilgan, bu asar ustida Juzjoniy koʻp yillar davomida ishlagan va oʻz maʼlumotlariga havolalar ham keltirgan[3]. Kitobning katta qismi G‘uriylarga bagʻishlangan boʻlsa-da, unda G‘aznaviylar sulolasi asoschisi Sabukteginning Gʻaznada hokimiyat tepasiga kelgunga qadar boʻlgan tarixi ham mavjud[1]. Juzjoniy „Tabaqoti Nosiriy“ni tuzishda hozirda saqlanib qolmagan boshqa kitoblardan, masalan, Bayhaqiyning Sabuktegin hukmronligi davri haqidagi asarlari, Abulqosim Imadiyning „Tarixi mujadval“ va ehtimol Ibn Haysamning „Qissasi soniy“ asarlaridan foydalangan[1]. Juzjoniyning „Tabaqot“ asari keyingi asrlarda sulolaviy tarixni yozish shakliga asos soladi[2].

Tabaqoti Nosiriyning maqsadi Eron va Markaziy Osiyodan chiqqan musulmon sulolalarini tasvirlash edi[2]. U paygʻambarlar bilan boshlanib, ularning taqvosi va axloqini tushuntiradi. Bu hikoya Muhammadning otasi Abdullohgacha davom etadi, soʻngra Muhammad hayoti tarixi bayon etiladi[2]. „Tabaqoti Nosiriy“da Juzjoniy oʻzining diniy qarashlari va islom hamda musulmon hukmdorlariga nisbatan tarixiy yondashuvini bayon qiladi[2].

„Tabaqoti Nosiriy“ Bengalda 1229—1230-yillarda Dehli sultoniga qarshi Xaljiylar qoʻzgʻoloni haqidagi yagona manbadir[2].

XI tabaqa: Sabuktegindan Xusrav Malikkacha boʻlgan Gʻaznaviylar tarixi[3]. XVII tabaqa: 1215-yilda hokimiyatga kelgan Gʻuriylar va ularning Sulton Alouddin bilan yakunlangan tarixi[3]. XIX tabaqa: Gʻuriy sultonlari Sayfiddin Suri va Qutbuddin Oybek haqidagi tarix[3]. XX tabaqa: Oybek va Laknautining ilk toʻrt hukmdorining 1236-yilda Iltutmish tomonidan magʻlub etilishigacha boʻlgan tarixi[3]. XXII tabaqa: 1227-yildan boshlab sultonlikdagi saroy amaldorlari, qoʻmondonlar va viloyat hokimlari, shuningdek, vazir Balbanning dastlabki tarixi haqidagi biografik tabaqa[3]. XXIII tabaqa: Chingizxon va uning 1259-yilgacha boʻlgan vorislari va moʻgʻullar tomonidan musulmonlarga qarshi sodir etilgan vahshiyliklar haqida batafsil maʼlumot beradi.

  1. 1,0 1,1 1,2 Bosworth 1963, s. 10-11.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Siddiqi 2010, s. 83.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 Mehta 1986, s. 8-9.
  • Bosworth, C.E.. The Ghaznavids:994-1040. Edinburgh University Press, 1963. 
  • Siddiqi, Iqtidar Husain. Indo-Persian Historiography Up To The Thirteenth Century. Primus Books, 2010. 
  • Mehta, Jaswant Lal. Advanced Study In The History Of Medieval India: (1000-1526). Sterling Publishers, 1986.