Kontent qismiga oʻtish

Tabassum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tabassumi bilan mashhur boʻlgan Mona Lisa

Tabassum yuz ifodasi, yuz chetidagi mushaklarining ikki yonga qisqarishidan hosil boʻladi. Baʼzan tabassum koʻz mushaklarining qisqarishi bilan ifodalanadi va bu koʻrinishdagi tabassum Duchenne tabassumi deb nomlanadi. Insonlardagi tabassum xursandchilik, kirishimlilik, baxt va quvonchni ifodalaydi. Baʼzida tabassum odatdagidan farqli ravishda qoʻrquvni ifodalaydi. Tabassumni muloqot oʻrnida ham ishlatish mumkin. Koʻplab xalqlarda tabassum bir-biridan farq qiluvchi turli maʼnolarni anglatadi. Madaniyatlararo tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, baʼzi xalqlarda uyat, tushunmovchilik va oʻzini noqulay his qilayotganini muloqot chogʻi suhbatdoshga bildirishda ham tabassum qilishadi[1].

Primatolog Signe Preuschoft tabassumni bundan 30 million yillar oldingi davrlarga bogʻlagan va uni qoʻrquv sababidan qoʻllanilganini aytib oʻtgan. Uning fikricha, maymunlar oʻzlarini beozor qilib koʻrsatish uchun tishlarini biroz koʻrsatgan holda jilmaygan va shu tariqa yirtqichlardan himoyalangan. Hozirgi davrda tabassum, ayniqsa, insonlar orasida turli emotsiyalarni ifodalaydi[2].

Ijtimoiy taʼsirlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabassum insonlarni xushfeʼl, kirishimli va yoqimli qilib koʻrsatadi[3]. Ijtimoiy hayotda kulgu va tabassum turli xil oʻrinlarda qoʻllaniladi va turlicha maʼno kasb etadi:

  • Baʼzi hollarda tabassum kulgi boshlanishida katta ahamiyatga ega.
  • Tabassum, shuningdek, kulgili holat uchun javob boʻlishi ham mumkin[4].

Tabassum turli vaziyatlarda atrofdagilarga holatni soʻzsiz tushuntirib berishga ham xizmat qiladi. Bulardan eng koʻp qoʻllaniladigani qarama-qarshi jins vakilida yaxshi taassurot qoldirishga boʻlgan urinishdir. Ayollar tabassumi, odatda, koʻplab erkaklarni oʻziga jalb qiladi va ularning koʻrinishiga koʻrk qoʻshib, erkaklarda jinsiy qiziqishni oshiradi. Biroq tatqiqotlar shuni koʻrsatadiki, erkaklarning tabassum orqali ayollarni oʻziga jalb etishga urinishi doim ham samarali hisoblanmaydi, koʻp hollarda ayollar erkaklarning jiddiyligini va oʻziga boʻlgan ishonchini koʻrsatib, ularni oʻzlariga jalb qilish usullarini samarali yoʻl deb hisoblashadi.

Manipulyatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabassum doim ham yaxshi niyatda qoʻllanilavermaydi. Baʼzan tabassum orqali insonlarni manipulyatsiya qilish va ulardan oʻz manfaatlari uchun foydalanish mumkin[5].

Madaniy farqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabassum koʻplab madaniyatlar tomonidan ijobiy baholanishiga qaramay, baʼzi xalqlar madaniyatida salbiylikni ifodalaydi va shu sababdan bu xalqlar koʻp ham tabassum qilishmaydi. Koʻp tabassum qilishni baʼzan uyat, baʼzan esa insofsizlik deb talqin qilish mumkin[6]. Osiyo mintaqasi madaniyatida hissiy tushkunlik yoki nimadandir ranjiganida tabassum qilish odati bor. Baʼzi hollarda suhbat doʻstona davom etishi uchun ham tabassum qilinadi. Sobiq sovet ittifoqi davrida notanish insonlar davrasida sababsiz tabassum qilishga noodatiy xulq deb qaralgan va bu hatto ahmoqlik belgisi deb ham sanalgan[7][8].

Madaniy tadqiqotlar kuzatuvi shuni koʻrsatdiki[9], baʼzi madaniyatlarda koʻp jilmayib yuradigan insonlarni deyarli kulmaydigan insonlarga nisbatan aqlsizroq deb qaralgan. Tadqiqot davomida jamiyatda korrupsiyaning keng tarqalgan turi jilmayib yuruvchi insonlarga nisbatan ishonchning pasayishiga olib keladi deb topilgan.

Shuningdek, tabassum jinsiy farqlanishda ham ahamiyatga ega. Qoʻshma Shtatlar va Kanadada koʻp erakaklar ayollariga tabassum qilishlari kerakligini eslatib turishadi. Masalan, Kanada parlamenti aʼzosi Greg Rickford jurnalist ayolga javob berish oʻrniga unga tabassum qilishni tavsiya qilgan[10].

Tabassum qilayotgan odam yuzidagi kulgichlar

Kulgichlar genetik meʼros boʻlib nasldan-naslga oʻtadi[14].Yuzning ikki tomonida ham kulgich boʻlishi insonlar orasida keng tarqalgan, yuzning faqat bir tomonida kulgich boʻlishi esa kamyob hisoblanadi[15].

Duchenne tabassumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Duchenne tabassumining koʻrinishi

XIX asr oʻrtalarida Guillaume Duchenne Fransuz nevrologi inson yuzi fiziologiyasini oʻrganish chogʻida insonlarda ikki turdagi tabassum boʻlishini aniqlagan. Duchenne tabassumi katta zugomatik mushak (ogʻiz chetlarini koʻtaradigan) va orbicularis koʻz mushaklarining (yanoqlarni koʻtaradigan) qisqarishidan hosil boʻladi. Duchenne tabassumi „koʻz bilan tabassum qilish“ deb ham tasvirlanadi[16]. Duchenne tabassumlari, asosan, soxta boʻladi[17].

Duchenne boʻlmagan tabassum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabassumni oʻrganish jarayoni shuni koʻrsatdiki, zigomatik mushakning qisqarishi (labning koʻtarilishi) bilan bogʻliq tabassumlar, asosan, inson baxtiyor boʻlganda sodir boʻladi. Tadqiqotlar davomida Duchenne tabassumida ham inson ijobiy his-tuygʻularni his qiladi deb topilgan[18].

„Pan Am tabassumi“, shuningdek „Botoks tabassumi“ deb ham nomlangan tabassum turlari soxta tabassum hisoblanadi. Pan Am tabassumining nomi Pan American World Airways sharafiga qoʻyilgan, sababi kompaniya xodimlari har bir parvoz oldidan yoʻlovchilarga bir xil tabassum qilishgan va xodimlarning tabassumi, asosan, rasmiyatchilik uchun boʻlgan, xolos[19]. Botoks esa 2002-yilda foydalanish uchun ommaga taqdim qilingan kosmetika hisoblanadi[20]. Ushbu mahsulotni koʻz chetiga muntazam ravishda surishgan, bu holat koʻz mushagi orbicularisning shol boʻlishiga olib kelgan. Botoks tabassumida orbicularis mushagi ishtirok etmagani uchun ham unga aynan shunday nom berilgan.

Knoxville hayvonat bogʻidagi shimpanze

Hayvonlarning koʻpchiligi tishlarini koʻrsatib oʻzlarini himoya qilishga urinishadi. Shimpanzelar uchun bu qoʻrquv belgisi ham boʻlishi mumkin. Umumiy qilib olganda, barcha hayvonlarning tishlarini koʻrsatib turishi doim ham salbiy mazmun anglatmaydi[21]. Hayvonlarning tishlarini koʻrsatib turgan holatlarini koʻp hollarda tabassumga oʻxshatishimiz mumkin.

  1. Izard, Carroll E.. The Face of Emotion. New York: Appleton-Century-Croft, 1971. ISBN 978-0-390-47831-3. frown
  2. Inglis-Arkell. „Why do we smile and laugh when we're terrified?“. Gizmodo (2013-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 7-oktyabr.
  3. Gladstone, G. (2002). "When you're smiling, does the whole world smile for you?". Australasian Psychiatry 10 (2): 144–146. doi:10.1046/j.1440-1665.2002.00423.x. 
  4. Haakana, M. (2010). "Laughter and smiling: Notes on co-occurrences". Journal of Pragmatics 42 (6): 1499–1512. doi:10.1016/j.pragma.2010.01.010. 
  5. Braiker, Harriet B.. Who's Pulling Your Strings ? How to Break The Cycle of Manipulation. McGraw Hill Professional, 2004. ISBN 978-0-07-144672-3. 
  6. Charles Tidwell. „Non Verbal Communication“. Andrews.edu. Qaraldi: 2014-yil 22-aprel.
  7. „Nonverbal Communication“. Rpi.edu. Qaraldi: 2014-yil 22-aprel.
  8. Gorvett, Zaria. „There are 19 types of smile but only six are for happiness“. BBC Future (2017-yil 10-aprel).
  9. Krys, Kuba; -Melanie Vauclair, C.; Capaldi, Colin A.; Lun, Vivian Miu-Chi; Bond, Michael Harris; Domínguez-Espinosa, Alejandra; Torres, Claudio; Lipp, Ottmar V. et al. (June 2016). "Be Careful Where You Smile: Culture Shapes Judgments of Intelligence and Honesty of Smiling Individuals". Journal of Nonverbal Behavior 40 (2): 101–116. doi:10.1007/s10919-015-0226-4. ISSN 0191-5886. PMID 27194817. PMC 4840223. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4840223. 
  10. Laing, Sarah (July 25, 2018). "Why Do Men Need Women To Smile?". Flare. Archived from the original on 2020-10-01. https://web.archive.org/web/20201001165500/https://www.flare.com/news/greg-rickford-marieke-walsh-smile-women/. Qaraldi: 2020-09-22. Tabassum]]
  11. Siegal, Nina. „Need a Good Laugh? Check Out Some 17th-Century Dutch Art“ (2017-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-oktyabr.
  12. https://www.library.wales/discover-learn/digital-exhibitions/photographs/early-swansea-photography/welsh-pioneers/%7Ctitle=Swansea[sayt ishlamaydi] in the nineteenth century, Welsh Pioneers.
  13. „The first smile and photobomb ever photographed“ (2015-yil 18-sentyabr).
  14. Chalathadka, Mahabaleshwara; Shankar, K Kiruba; Lakshmi, G Vijaya; Nithin, VM; Kulkarni, Sneha; Firdousbano, Mulla (2019). "Evaluation of Prevalence and Morphology of Dimple among Population of Sullia Taluk". Journal of Cutaneous and Aesthetic Surgery 12 (4): 227–230. doi:10.4103/JCAS.JCAS_109_19. ISSN 0974-2077. PMID 32001967. PMC 6967164. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6967164. 
  15. Almaary, Hayaat F.; Scott, Cynthia; Karthik, Ramakrishnan (2018). "New Landmarks for the Surgical Creation of Dimples Based on Facial Form". The Journal of Clinical and Aesthetic Dermatology 11 (5): 22–26. PMID 29785234. PMC 5955629. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5955629. 
  16. Davis, Darryl. How to Design a Life Worth Smiling About: Developing Success in Business and in Life. McGraw Hill Professional, 2014-05-30 — 8-bet. ISBN 9780071819879.  (Subscription required.)
  17. „How facial software can identify liars“. The Week UK (2018-yil 24-may).
  18. Messinger, D. S.; Fogel, A.; Dickson, K. (2001). "All smiles are positive, but some smiles are more positive than others". Developmental Psychology 37 (5): 642–653. doi:10.1037/0012-1649.37.5.642. PMID 11552760. https://archive.org/details/sim_developmental-psychology_2001-09_37_5/page/642. 
  19. Harlow, John. „The smile that says where you're from“. The Sunday Times (2005-yil 20-fevral). 2011-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-yanvar.
  20. Fischer, Andrea. „FDA approves Botox Cosmetic to improve the appearance of crow's feet lines“. FDA (2013-yil 11-sentyabr). 2013-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-noyabr.
  21. Preuschoft, Signe (1992). "'Laughter' and 'Smile' in Barbary Macaques (Macaca Sylvanus)". Ethology 91 (3): 220–36. doi:10.1111/j.1439-0310.1992.tb00864.x.