Tabiiy geografik jarayonlar
Tabiiy geografik jarayonlar — tabiatda modda va energiya oʻzgarishlari hamda umuman, tabiiy geografik majmualarnnj rivojlanishiga sabab boʻluvchi barcha qodisalar. Bular atmosfera sirkulyatsiyasi, namlikning aylanishi, relyef hosil boʻlishi, nurash, tuproq hosil boʻlishi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining mavsumiy hamda asriy oʻzgarishlari, komponentlararo aloqalarda roʻy beruvchi jarayonlardan iborat. Tabiiy geografik jarayonlarni tadqiq etish landshaftlarni dinamik tuzilma sifatida oʻrganishga, ularni muhofaza qilish va oʻzgartirishning oqilona yoʻllarini tanlashga imkon beradi. Geografik majmualararo hamda komponentlararo modda va energiya almashinuvini aniqlash ayniqsa katta nazariy ahamiyatga ega. Tabiiy geografik jarayonlar vaqt davomida (davriy) va muayyan tartibda (birinketinlik bilan) takrorlanib turadi. Masalan, havo harorati, namligi, shamollar, yorugʻlik kechakunduz davomida, turli xil obhavo fasllar davomida, fayellar yil davomida almashinib (takrorlanib) turadi. Shuningdek, togʻ jinslarining nurashi, suv toshqini va boshqa ham muayyan tartibda takrorlanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |