Kontent qismiga oʻtish

Tabiiy geografik oʻlka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tabiiy geografik oʻlka - tabiiy geografik raionlashtirishning yirik birliklaridan. Tabiiy geografik oʻlka yirik tabiiy hududiy majmua boʻlib, maydoni bir n yuz ming km² dan mln. km²gacha boʻlishi mumkin. Tabiiy geografik oʻlka koʻp hollarda makrorelyef tuzilishi jihatidan yaxlit boʻlib, Yer poʻstining yirik morfostrukturasi (platforma, plita, qalkon, burmali oʻlka)ga toʻgʻri keladi. Mas., Sharqiy Yevropa tekislik oʻlkasi, Oʻrta Sibir yassitogʻlik oʻlkasi, Oʻrta Osiyo tekislik oʻlkasi, Oʻrta Osiyo togʻli oʻlkasi va hokazo Tabiiy geografik oʻlkalarni aniqlashda orografik va morfostrukturaviy xususiyatlardan tashqari makroiqlim va atmosfera jarayonlarining makroregional xususiyatlari, kengliklar boʻylab mintaqalanish kabi xususiyatlar ham eʼtiborga olinadi.