Tafakkur gulshani
Qiyofa
Asl nomi | Симфония разума |
---|---|
Muallif(lar) | Vladimir Voronsov (tuzuvchi) |
Tarjimon(lar) | Sharifa Abdurazzoqova |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | hikmatli soʻzlar |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1981 |
Sahifalar soni | 583 |
„Tafakkur gulshani“ (ruscha: Симфония разума) — taniqli yozuvchi va olimlarning hikmatli soʻzlari toʻplami. Toʻplamni rus siyosatchisi hamda adabiyotshunosi Vladimir Voronsov tuzgan. Ilk bor 1976-yil Moskva shahrida „Molodaya gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1] Bir necha marta qayta nashr qilingan. Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Toʻplamni oʻzbek tiliga Sharifa Abdurazzoqova tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr ilk bor 1981-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti nashriyotida chop etilgan. 1989-yil qayta nashr qilingan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tafakkur gulshani“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ „Tafakkur gulshani“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.