Kontent qismiga oʻtish

Tagobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tagobi, Anguri siyoh — xoʻraki va vinobop oʻrtapishar uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikistonda ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, besh boʻlmali, sap kertikli, beti bir oz burishgan, orka tomoni tukli. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, konussimon, shingillari x,avol. Gʻujumi oʻrtacha va yirik, yumaloq, urugʻsiz, qora, yaltiroq, yupqa gʻubor bilan qoplangan. Poʻsti kalin. Eti sershira, xushtaʼm. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 2800° boʻlganda 135—140 kunda pishadi. Tarkibida 21—22% kand, 5,2% kislota bor. Novdalari yaxshi pishadi. Hosiddorligi 150—160 s/ga. Sovuqqa chidamli. Yangiligida isteʼmol qilinadi, turli vinolar, sharbatlar, mayiz tayyorlanadi.