Kontent qismiga oʻtish

Taksi haydovchisi (film, 2017)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taksi haydovchisi
koreyscha: 택시운전사
Rejissyor(lar) Chan Xun
Prodyuser(lar) Pak In Gyon
Chxve Ki Sup
Ssenariynavis(lar) Om Yu Na
Rollarda Song Kang-ho
Thomas Kretschmann
Distribyutor The Lamp
Showbox
Chiqarilgan sanasi 2017-yil
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Byudjeti 15 milliard
Daromadi $ 88,7 million

Taksi haydovchisi (koreyscha: 택시운전사 Teksi Undjonsa) — 2017-yil rejissyor Chan Xun tomonidan suratga olingan, asosiy rollarda Song Kang-ho va Thomas Kretschmann suratga tushgan Janubiy Koreya filmi[1][2].

Real voqealarga asoslangan ushbu film 1980-yilgi Kvandjuda boʻlib oʻtgan namoyishlarda bevosita ishtirok etgan seullik taksi haydovchisi haqida hikoya qiladi. Film nemis jurnalisti Jürgen Hinzpeterning janubiy koreyalik taksist Kim Sa Bok bilan muloqotiga asoslangan. Film suratga olish jarayonida Kim Sa Bokning haqiqiy ismi va shaxsiyati noʻmalum boʻlgani sababli (Hinzpeter uni faqat Kim Man Sob ismi orqali bilardi) Kvandjudan tashqarida yuz bergan va uning hayotiga aloqador voqealarning katta qismi toʻqima hisoblanadi.

Janubiy Koreyada film 2017-yilning 2-avgustida premyera qilingan[3]. Tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan va Kvandjudagi namoyishlarga noodatiy yondashuvi, bosh qahramonning Hinzpeter bilan munosabatlari tufayli ushbu film 2018-yil Oskarning chet tilidagi eng yaxshi film nominatsiyada Janubiy Koreya nomidan koʻrsatilgan[4][5]. Film 2017-yilda Janubiy Koreyada eng kassobop 2-filmga aylangan va hozirgi kunga kelib tarixdagi eng kassabop Janubiy Koreya filmlari orasida 11-oʻrinni egallaydi[6][7].

1980-yil. Kim Man Sob Seul shaxrida taksistlik bilan kun kechiradi va qizchasi bilan yolgʻiz yashaydi. Bir kuni boshqa taksist chet ellik mijoz bilan 100,000 von evaziga sayohat narxini kelishganligini aytib qoladi. Mijoz bir kunga Kvandjuga borishi va Seulga komendantlik soatiga qadar qaytib kelishi kerak boʻladi. Kim ayyorlik bilan mijozni qoʻlga kiritadi.

Mijoz nemis jurnalisti Jürgen Hinzpeter edi. U Kvandjuda yuz berayotgan tartibsizliklarga oydinlik kiritish maqsadida u yerga otlangan edi. Oʻta kuchli senzura sabab jurnalistlarga mamlakatga kirish taʼqiqlanadi. Jürgen Janubiy Koreyaga kelish uchun oʻzini missioner sifatida tanishtiradi. Jürgen va Kim Kvandjuga boradigan barcha yoʻllar berkligi va harbiylarning qattiq nazorati ostida ekanligiga guvoh boʻlishadi. Kim Jürgenni Seulga qaytib ketish kerakligiga koʻndirmoqchi boʻladi, lekin Jürgen, agar Kvandjuga yetib bormasa pul toʻlamasligini aytadi. Ular harbiylarga Jürgen oʻta muhim chet ellik biznesmen ekanligi haqida gapirib shahargacha yetib olishga muvaffaq boʻlishadi.

Kvandjuga yetib kelgach ular barcha magazinlar berk, koʻchalar esa boʻm-boʻshligiga guvoh boʻlishadi. Kim dastavval shaharda kuzatilayotgan ushbu holatni jiddiylik bilan qabul qilmaydi va barcha ayb har narsadan noliyveradigan talabalarda deb oʻzini ishontiradi.

Asosiy personajlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rafiqasi vafot etgan va 11 yoshlik qizchasi bilan kichikkina uyda yashovchi taksist. U siyosat bilan qiziqmaydigan va faqatgina oʻz oilasi yaxshi yashashi uchun tun-u kun ishlaydigan oddiy fuqaro[8]. Ushbu personaj prototipi Jürgen Hinzpeterning Kvandjuga kirishiga koʻmaklashgan taksist Kim Sa Bok edi. 2017-yil sentyabr oyida Taksi haydovchisi filmi juda katta muvaffaqiyatga erishgandan soʻng Kim Sa Bok shaxsi uning oʻgʻli Kim Sin Pxil tomonidan tasdiqlandi. U otasining Jürgen Hinzpeter bilan birga tushgan suratini jurnalistlarga taqdim qiladi va uning otasi Kvandju voqealaridan 4 yil oʻtib, 1984-yilda saratondan vafot etganini aytadi[9].

Germaniya Federativ Respublikasi fuqarosi Jürgen Hinzpeter (1937–2016) Kvandjudagi tartibsizliklarni butun dunyoga namoyish etgan yagona chet ellik jurnalist hisoblanadi[10].

Maxsus taklif qilingan aktyorlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kxo Chxan Sok — Kxan San Guning otasi
  • Djon Xe Djin — Kxan San Guning onasi
  • Djun Djin Yon — reportyor Li
  • Ryu Txe Xo — Kvandju gazetasi direktori
  • Djon Sok Yon — Seuldagi avtomarkaz direktori

Suratga olish jarayonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratga olish jarayonlari 2016-yil 5-iyunda boshlanib 24-oktabrda yakunlangan[11].

Nominatsiya va sovrinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sovrin Kategoriya Nominant Natija Manba(lar)
26-Buil Film Awards Eng yaxshi film Taksi haydovchisi Yutuq [12]
Eng yaxshi aktyor Song Kang-ho Yutuq
Eng yaxshi operator Go Nak Son Nominatsiya
Eng yaxshi musiqa Cho Yon Uk Nominatsiya
Eng yaxshi sanʼat yoʻnalishi Chxo Xva Sun va Djon Yi Djin Nominatsiya
hakamlar sovrini Chan Xun Yutuq
21-Fantasia International Film Festival Eng yaxshi aktyor Song Kang-ho Yutuq [13]
54-Grand Bell Awards Eng yaxshi film Taksi haydovchisi Yutuq [14]
Eng yaxshi rejissyor Chan Xun Nominatsiya
Eng yaxshi aktyor Song Kang-ho Nominatsiya
Eng yaxshi ssenariy Om Yu Na Nominatsiya
Eng yaxshi musiqa Cho Yon Uk Nominatsiya
Eng yaxshi sanʼat yoʻnalishi Chxo Xva Sun va Djon Yi Djin Nominatsiya
Eng yaxshi dizayner Chxo San Kxyun Nominatsiya
Eng yaxshi operator Go Nak Son Nominatsiya
Eng yaxshi montaj Kim San Bum va Kim Dje Bum Nominatsiya
Texnik mukofot Taksi haydovchisi Nominatsiya
Eng yaxshi rejalashtirish Yutuq
37-Korean Association of Film Critics Awards Top-10 filmlar Yutuq [15]
Eng yaxshi 2-plan aktyori Yo Xe Djin Yutuq
1-The Seoul Awards Gran-pri (film) Taksi haydovchisi Nominatsiya [16][17]
Eng yaxshi aktyor (film) Song Kang-ho Yutuq
3-Asian World Film Festival Maxsus sovrin Yutuq [18][19][20]
Eng yaxshi film Taksi haydovchisi Yutuq
Gumanitar sovrin Yutuq
38-Blue Dragon Film Awards Eng yaxshi film Yutuq [21]
Eng yaxshi rejissyor Chan Xun Nominatsiya
Eng yaxshi aktyor Song Kang-ho Yutuq
Eng yaxshi 2-plan aktyori Yo Xe Djin Nominatsiya
Eng yaxshi yosh aktyor Ryu Jun Yol Nominatsiya
Eng yaxshi ssenariy Om Yu Na Nominatsiya
Eng yaxshi musiqa Cho Yon Uk Yutuq
Eng yaxshi sanʼat yoʻnalishi Chxo Xva Sun va Djon Yi Djin Nominatsiya
Tomoshabinlar sovrini Taksi haydovchisi Yutuq
  1. Herald, The Korea „Song Kang-ho to star in ‘Taxi Driver’“ (2016-yil 3-may). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-fevral.
  2. „SONG Kang-ho Takes Lead in TAXI DRIVER Depicting the Gwangju Democratization Movement“. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-fevral.
  3. „Big-budget movies to highlight 2017“. Korea Times (2017-yil 6-yanvar). 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-fevral.
  4. „제90회 아카데미영화상 외국어영화부문 한국영화 출품작 선정 결과“ (2017-yil 4-sentyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
  5. Kil, Sonia „Korea Hails ‘A Taxi Driver’ For Oscar Race“. Variety (2017-yil 4-sentyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-sentyabr.
  6. „2017 South Korea Yearly Box Office Results — Box Office Mojo“. 2017-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
  7. „KOBIS(발권)통계“. Korean Film Council. 2018-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-sentyabr.
  8. Shim Sun-ah and Cho Jae-young. „(LEAD) (Yonhap Interview) Actor Song Kang-ho speaks about new film on Gwangju Uprising“. Yonhap News Agency (2017-yil 12-iyul). 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
  9. Bae Seung-hoon. „Taxi driver’s identity is confirmed“. JoongAng Ilbo (2017-yil 7-sentyabr). 2017-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-sentyabr.
  10. „German actor Thomas Kretschmann to visit Korea to promote new film“. Yonhap News Agency (2017-yil 17-iyul). 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
  11. „KOBIZ - Korean Film Biz Zone : in Production“. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-fevral.
  12. „A TAXI DRIVER Tops Buil Film Awards“. Korean Film Biz Zone (2017-yil 17-oktyabr). 2020-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
  13. Hong Dam-young. „Song Kang-ho of ‘Taxi Driver’ wins best actor award at Fantasia Film Fest“. The Korea Herald (2017-yil 5-avgust). 2017-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-avgust.
  14. „54th Daejong Film Awards (Grand Bell Awards) 2017“. HanCinema (2017-yil 29-sentyabr). 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
  15. „THE FORTRESS Dominates 37th Korean Film Critics Association Awards“. Korean Film Biz Zone (2017-yil 30-oktyabr).
  16. „‘제1회 더 서울어워즈’ 노미네이트 공개, 이보영 지성 김희선 조승우 등 화려한 라인업 공개“. Naver (2017-yil 28-sentyabr). 2017-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
  17. „'서울어워즈' 송강호·나문희·지성·박보영 주연상…·'박열'·'비숲' 대상[종합“] (ko). TV Report (2017-yil 27-oktyabr). 2017-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
  18. „'택시운전사', 美 AWFF 3관왕 '쾌거'…아카데미 주목할까“ (ko). News1 (2017-yil 6-noyabr). 2017-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
  19. „2017 AWFF WINNERS — ASIAN WORLD FILM FESTIVAL“. 2017-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
  20. Jon Maala. „'A Taxi Driver' bags best film plum at Asian World Film Festival“. International Business Times (2017-yil 7-noyabr). 2017-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
  21. „[공식입장 '제38회 청룡영화상' 후보 공개, '불한당'vs'택시' 대격돌“] (ko). Sports Chosun (2017-yil 6-noyabr). 2021-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.