Kontent qismiga oʻtish

Taloq (shariat)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Taloq (arab. — qoʻyib yubormoq, ajralmoq) — shariatga koʻra nikohning bekor qilinishi. Er tomonidan shu soʻzning aytilishi xotinni barcha xotinlik majburiyatidan toʻla ozod qiladi. Bu holatda erning xotinga bergan molmulk (mahr)i xotinda qoladi, er xotinni idda muddati oʻtguncha moddiy taʼminlab turishi kerak. Shariatda ikkinchi Taloqdan keyin ham erxotinni qaytadan yarashtirishga ruxsat etiladi (Qurʼon, 2:229). Uchinchi marta Taloqdan keyin esa shariat bunga yoʻl qoʻymaydi. Taloq qilingan xotin boshqa erga chiqishi uchun belgilangan idda muddatini oʻtashi kerak. Islom huquqida ayol ham Taloq talab qilishi rasman eʼtirof etiladi. Oʻzbekiston Respublikasida er bilan xotin ajralishi Oila kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • Hidoya (1j.), Taloq, 2000;
  • Muxtasar, Taloq, 1994.