Talxatan bobo masjid-maqbarasi
Talxatan bobo masjid-maqbarasi — Marv (Turkmaniston)dagi meʼmoriy yodgorlik (11-asr). Bino toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (10x18 m), 4 xonali, gumbazli. Masjid (7,3x7,3 m) bino mujassamotida asosiy oʻrinni egallaydi. Masjidning 2 yoni yoʻlkalarida xonalar, toʻrida maqbara joylashgan. Maqbara Talxatan qishlogʻida xalq orasida hurmat qozongan keksa bobo nomi bilan bogʻlangan. Tashqi va ichki bezaklarining bir xil xususiyatga egaligi, yaxlitligi, undagi gʻishtlar (25x25x5 sm)ning oʻziga xos mahorat bilan terilganligidadir. Gʻishtlardan girih va islimiy naqshlar hosil qilingan. Xonalar ichiga gʻishtdan ravoq, bagʻal, mexrob hoshiyalari va ustungoʻshalar ishlangan. Devor qalinligi 1,5 m ga yaqin. Maqbara qad. boʻlishiga qaramay, meʼmorlarning badiiy mahorati, salobati yaxshi saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |