Kontent qismiga oʻtish

Tamara Abdiboyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tamara Abdiboyeva - (ruscha:Тамара Абдибаева) iqtisod fanlari nomzodi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Akademiyasi Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi.

Tamara Abdiboyeva
Тамара Абдибаева
Tavalludi 2-noyabr 1952-yil
Toshkent viloyati Doʻrmon qishlogʻi
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi O'zbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi pedagok, buxgalter - iqtisodchi
Ish joylari Makroiqtisod va statistika vazirligi(1989—1999),
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Qoʻmitasi Soliq kolleji(1999—2001),
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Akademiyasi (2001-yildan hozirgi kunga qadar)
Ilmiy unvoni iqtisod fanlari nomzodi, dotsent

  Tamara Abdiboyeva 1952-yil 2-noyabrda Toshkent viloyatining Doʻrmon qishlogʻida ziyoli oilada tugʻildi. 1969-yili 23-oʻrta maktabni bitirib, 1970-yil Qishloq xoʻjalik institutiga oʻqishga kirdi. 1976-yil shu institutni buxgalter - iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha muvaffaqiyatli tugatdi.

1989-yildan 1999-yilgacha Makroiqtisod va statistika vazirligi, “Bozor munosabatlari oʻquv - konsalting markazi”, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi va dotsent lavozimlarida ishladi.[1]

  1999-yildan 2001-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Qoʻmitasi Soliq kolleji Soliqlar va soliqqa tortish kafedrasida katta oʻqituvchi vazifasini bajardi.

T. Abdiboyeva 2001-yil avgust oyidan hozirgi kungacha Soliq Akademiyasinining “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida katta oʻqituvchi va 2003-yil 20-yanvardan kafedra mudiri mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Umumiy ilmiy - pedagogik ish staji 24 yil.[2]

Hozirgi vaqtda Tamara Abdiboyeva bakalavriyatning kunduzgi boʻlim, bir yillik qayta tayyorlash va malaka oshirish guruhlarida Buxgalteriya hisobi asoslari, Moliyaviy va boshqaruv hisobi fanlari boʻyicha ma’ruza hamda amaliy darslarini olib bormoqda.U oilali, 2 farzandning onasi.[2]

Ilmiy Faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

  T. Abdiboyeva oʻz ilmiy faoliyatini 1985-yilda Oʻrta Osiyo Qishloq xoʻjaligi iqtisodiy ilmiy - tekshirish institutida aspirantlikdan boshladi. 1989-yilda mazkur institutning ixtisoslashgan ilmiy kengashda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi.

Shu kungacha umumiy ish hajmi 30 bosma taboqdan ortiq ilmiy va oʻquv - uslubiy ishlari tayyorlanib chop etilgan. Ilmiy va uslubiy seminarlarda, konferensiyalarda ma’ruzalari bilan qatnashib keladi.[2]