Kontent qismiga oʻtish

Tamara Nazarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tamara Nazarova (1925.24.12 - Toshkent — 1998.24.2) — Oʻzbekiston xalq artisti (1969), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (30.09.1957).[1] Moskva oʻzbek opera stu-diyasini tugatgan (1946). Oʻzbek davlat filarmoniyasining oʻzbek ashula va rake ansamblida yakkaxon (1940—42), Muqimiy teatrida (1942—55 va 1960— 71), Namangan teatrida (1955—59) aktrisa. Urush yillari Oʻzbekiston sanʼat ustalari safida front konsert brigadalarida qatnashgan. N. ijrosida nozik lirizm samimiylik bilan uygʻunlashib ketadi. Mohin, Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, "Toqir va Zuhra"), Noznoz (M. Urdubodiy; S. Rustamov, "Besh soʻmlik kelin"), Natalka (N. Kotlyarevskiy; N. Lisenko, "Poltavalik Natalka"), Rohatoy (Komil Yashin; X. Toʻxtasinov, "Oftob-xon"), Qaddirgʻoch, Nurxon (Komil Yashin; T. Jalilov, "Alpomish", "Nurxon"), Shirin (A. Navoiy; Yu. Rajabiy, "Farhod va Shirin"), Sunbul (H. Gʻulom; M. Leviyev, "Ajab savdolar") kabi rollari bilan shuxrat qozongan. N. kinoda (Guli, "Alisher Navoiy"; Fotima, "Sen yetim emassan" va boshqalar) ham suratga tushgan.[2]

  1. http://press.natlib.uz/ru/editions/97140
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil