Kontent qismiga oʻtish

Tampiko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tampiko — Meksikaning sharqiy qismidagi shahar. Tamaulipas shtatida, Panuko daryosining quyilish yerida joylashgan. Meksika qoʻltigʻi sohilidagi port. Mamlakatning yirik neft qazib olinadigan va qayta ishlanadigan rayoni markazi. Kimyo, oziq-ovqat sanoatlari va qishloq xoʻjaligi. mashinasozligi korxonalari bor. Baliq ovlanadi. T.dan Mexiko va Reynosa sh.lariga gaz, shuningdek, Tuspan va PosaRika sh.lariga neft kuvurlari oʻtkazilgan. T.ga mustamlakachilar kelgunga qadar asos solingan. 1683-yilda qaroqchilar tomonidan vayron kilinib, 1823-yilda kayta tiklangan.