Kontent qismiga oʻtish

Tandir kabob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tandir kabob - kabobning bir turi. Qadimiy tansiq taomlardan biri. Tayyorlash usuli: qoʻy va mol goʻshtining yogʻsizroq qismidan qalinligi 2—3 sm, eniboʻyi 5—10 sm li 100— 150 g li boʻlaklar kesilib 0,5% li namakobga 30 min. botirib qoʻyiladi. Betiga un, murch va tuyilgan zira aralashmasidan tayyorlangan urvoq sepiladi va tandirga yopib, qizarguncha pishiriladi. Goʻsht qizargach, choʻgʻni tandirning oʻrtasiga toʻplab, betiga kul tortiladi va tandirning qopqogʻi yopilib, 10—15 min. dimlanadi.