Kontent qismiga oʻtish

Tanets pod dojdyom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Tanets pod dojdyom“
Yerlan Kokeyev qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2005
Yozib olingan 2005
Matn muallif(lar)i Eduard Bergaliyev
Bastakor(lar) Eduard Bergaliyev
Klipi
„Tanets pod dojdyom“ YouTubeda

Tanets pod dojdyom“ (ruscha: Танец под дождем, yaʼni „Yomgʻir ostidagi raqs“) — qozogʻistonlik qoʻshiqnavis Eduard Bergaliyev yozgan qoʻshiq. Taronani ilk bor „Multik“ guruhi aʼzosi Bolat Boranov ijro etgan, ammo 2005-yilda[manba kerak] qozoq xonandasi Yerlan Kokeyev ijrosidagi versiya keng shuhrat qozongan[1]. Kokeyev ijrosidagi versiya nafaqat Qozogʻistonda, balki qoʻshni respublikalarda xitga aylangan. Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, qirgʻiz qoʻshiqchilari Erkin Mukashev va Zamir Mirza kaver qilgan.

Dastlab bir necha xonanda qoʻshiq muallifi ekanligini daʼvo qilgan. Ayni damda Kokeyev qoʻshiq uchun mualliflik huquqiga egalik qiladi. Xonandaning soʻzlariga koʻra, Bergaliyev uni mualliflik huquqini xarid qilishga „yuridik jihatdan majburlagan“[2]. Bunga qaramay, xonanda qoʻshiqni yoqtirishini hamda tarona aynan uning ijrosi orqali yaxshi tanilganidan mamnun ekanligini aytgan. Kokeyev ijrosidagi versiya uchun klip suratga olingan. 2017-yil Kokeyev „Tanets pod dojdyom“ nomli konsert dasturini eʼlon qilgan.

  1. „«Танец под дождем»: История самой романтичной песни“ (ruscha). Limon (14-sentyabr 2015-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.
  2. Колушбаев, Халас „«Танец Под Дождем»: Ерлан Кокеев подводит итоги 25-летия на сцене“ (ruscha). 1Show (14-aprel 2017-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2022-yil.