Kontent qismiga oʻtish

Tanganyika

Koordinatalari: 6°6′0″S 29°30′0″E / 6.10000°S 29.50000°E / -6.10000; 29.50000
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tanganyika
6°6′0″S 29°30′0″E / 6.10000°S 29.50000°E / -6.10000; 29.50000
MamlakatlarTanzania Tanzania
Zambia Zambia
Burundi Burundi
Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
Yuzasi32 900 km²
Hajmi18 900 km³
Tushuvchi daryolarRusizi Malagarasi
Oqib chiquvchi daryoLukuga

TanganyikaAfrikadagi koʻl, Kongo Demokratik Respublikasi, Tanzaniya, Zambiya va Burundi hududlarida. Maydoni 34 ming km². Sharqiy Afrika yoriklari zonasidagi tektonik botiqda, 773 m balandlikda. Uzunligi 650 km, eni 80 km gacha, eng chuqur joyi 1470 m (chuqurligi boʻyicha Baykal koʻlidan keyin 2oʻrinda). Qirgʻokdari tekis, baʼzi joylarda baland va tik. Tanganyikaga Malagarasi va Ruzizi daryolari quyiladi. Lukuga va Lualaba daryolari opkali oqib chiqadi. Koʻl suvi chuchuk. Faunasi endemiklarga juda boy. Begemot, timsoh, suzuvchi parrandalar turi koʻp. Atrofida milliy bogʻlar tashkil etilgan. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Portlari: Kigoma, Bujumbura, Kalima. Tanganyikaga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1858-yilda ingliz sayyoxlari R.Byorton va J.Spik borganlar.