Kontent qismiga oʻtish

Tango

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tango (ispan. tango) — 1) 18—19-asrlar oraligʻida Lotin Amerikasida kora tanli aholining rake va qoʻshiqlar bilan oʻtkaziladigan har qanday bayram hamda shu bayramlar oʻtadigan joy ifodasi; 2) zamonaviy bal raqsi. 19-asr 2yarmida andalusiycha T., kreolcha T., argentincha T. kabi turlari ommalashgan. Musiqa oʻlchovi 2/4, surʼati oʻrtacha, ritmikasi oʻziga xos urgʻu (sinkopa)lar bilan ajratiladi. Ijrochilar juft boʻlib, bir-birining yelkalarini ushlab raqsga tushadi. 1910y.larda Parijda argentincha T. asosida yevropacha T. rivoj topib, oʻziga xos, alohida ehtiros bilan ijro etiladigan salon va estrada raqsi (keyinchalik, kuy va ashula) sifatida butun dunyoda tarkaldi. Ritmikasi oxirgi sakkiztalik hissadagi keskin urgʻusi bilan ajralib turadi. Oʻzbek estrada sanʼatiga 1950y.lar oxirida B. Zokirov ijrosidagi "Arabcha tango" (suriyalik bastakor Daris al Atrashning Ya. Frenkel kanta ishlagan ashulasi) bilan kirib kolli. Keyinchalik, A. Nazarov ("Ket, muhabbat", N. Hamroqulov), A. Rasulov ("Dilerom", Gʻ. Yoqubov) va boshqa kompozitorlar turli T.larni yaratgan.