Tanigava togʻi
Mount Aino | |
---|---|
Aino tog'i va Kitadagi togʻ kulbasi yozda Kita tog'i dan koʻrinishi | |
Joylashuvi |
Chūbu regioni, Honshu, Yaponiya 35°38′46″N 138°13′42″E / 35.64611°N 138.22833°E |
Yaponiya xaritasi |
Tanigava tog'i (yaponcha: 谷川岳 Tanigawa-dake ) Yaponiyadagi Gunma va Niigata prafekturasi oraligʻida joylashgan[1] balandligi 1,977 m (6,486 ft) boʻlgan togʻ[2]. U Yaponiyadagi 100 ta mashhur togʻlar roʻyxatiga kiritilgan.
Marshrutlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tanigava togʻining choʻqqisiga toʻrt tomondan: shimol, janub, sharq va gʻarbdan boriladigan togʻ yoʻli bor. Eng oson va eng mashhuri havo tramvayi orqali janubiy yoʻnalish boʻlib, koʻplab oilalar bayramlarda choʻqqiga tashrif buyuradilar.
Qoyaga koʻtarilish marshrutlari Yaponiyaning I-VI darajali muz koʻtarilish reytingiga koʻra tasniflanadi va Sharqiy tizmalar boʻylab koʻplab marshrutlar mavjud boʻlib, yozda toqqa chiqish uchun koʻplab qoya yoʻllari mavjud. Tanigava togʻi Fudzi togʻidan1,800 metr (5,906 ft) (aslida uning balandligining deyarli yarmi) pastroq boʻlib, relyefi keskin, baʼzi marshrutlar yoʻnalishi dengiz sathidan 500 metr (1,640 ft) balandlikdan, choʻqqidan yoki uning yaqinidagi hududdan boshlanadi.
Yaponiyadagi koʻplab togʻlar singari, tanigava togʻiga birinchi koʻtarilish ham rasman qayd etilmagan. Koʻpgina togʻlar diniy ahamiyatga ega boʻlib, yuzlab yillar davomida yapon diniy assetiklari tomonidan oʻzlashtirilgan va diniy marosimlar togʻ choʻqqilarida amalga oshirilgan.
Ob-havo
[tahrir | manbasini tahrirlash]Togʻ Gunma va Niigata prefekturalari chegarasida joylashgan boʻlib, Osiyo qitʼasi va Tinch okeanidagi ob-havo tizimlari koʻpincha ekstremal ob-havo holatini namoyish etadigan hududda joylashgan. Togʻ tizmasidagi chuqurliklar 20 metrdan oshishi mumkin va togʻning pastki qismlarida, shuningdek, choʻqqi tizmasi boʻylab bir nechta jarliklar paydo boʻlgan. Koʻchki xavfi yuqori boʻlgan vaqtda, yerning tikligi va 1000 m dan yuqori boʻlgan relef shakli hisobiga bu hududda xavf darajasi yana-da ortib ketadi.
Xavfsizlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Choʻqqiga olib boradigan koʻplab sayohat marshrutlari nisbatan xavfsiz boʻlsa-da, qoyaga koʻtarilishdagi qiyinchiliklar tufayli koʻplab oʻlim holatlari sodir boʻlgan, shuning uchun uni baʼzan „oʻlim togʻi“ deb atashadi. 2014-yil dekabr holatiga koʻra, 1930-yillarning boshlarida dastlabki qidiruv va marshrut topilganidan beri Tanigava-dakeda jami 805 kishi halok boʻlgan[3][4][5] (Huddi shuncha vaqt davomida Everest togʻida halok boʻlganlar soni 200 ga yaqin deb topilgan). 1943-yilda toqqa chiqish uchun yoʻl olgan ekspediatsiyalaridan biri gʻoyib boʻldi. 1973-yilda boshqa toqqa chiquvchilar guruhi ularning qoldiqlariga qoqilmaguncha, ularni hech kim topa olmadi. 1960-yillarda vafot etgan asosiy yuzida yapon alpinistlarini qutqarish uchun koʻplab urinishlar amalga oshirilgan. Oxir-oqibatda, Yaponiya mudofaa kuchlari jasadlarni olib chiqish uchun, arqonlarga oʻq uzib, jasadlarni tushirib oldi[6].
Yaponiya vertolyotda oʻqitilgan togʻli qutqaruv guruhlari bilan yuqori darajadagi yordamni taklif qiladi, ammo kuchli shamolda ularni joylashtirish imkoni boʻlmaydi. Yuqori tizmalar boʻylab ikkita xavfsizlik kulbasi mavjud. Ulardan biri Ichinokura-dake yaqinidagi 2-3 kishi uchun favqulodda yordam kulbasi boʻlib, uni chuqur qorda topish qiyin va shuning uchun foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan boʻlishi mumkin
Baʼzan oʻlim togʻi deb ataladigan togʻ barcha darajalardagi togʻda vafot etganlar jasadlari bilan qoplaangan. Ushbu guruhlarning baʼzilari juda koʻp insonlardan tarkib topgan. Togʻning etagiga yaqin joyda katta piton haykalchasi oʻrnatilgan boʻlib, unga qoʻshni devorda togʻda oʻlganlarning hammasining ismlari yozilgan.
Boshqa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng yaqin poyezd stansiyasi — Doai stansiyasi (土合駅) hisoblanadi.
Tanigava togʻiga koʻtarilish 2005-yilda NHK hujjatli filmida va 2008-yilda filmga aylantirilgan „Climber’s High (Alpinistlar balandligi)“ romanidagi asosiy voqealarda akslantiriladi.
Yapon kiyim-kechak va turli turmush anjomlari sotuvchi Snow Peak brendi Tanigava togʻi sharafiga nomlangan.
Gunma provinsiyasidagi Jomo Karutada Tanigava togʻi „mi“ kartasida tasvirlangan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Janubdan Tanigava togʻining ko'rinishi
-
Bulutli Tanigava togʻining tepasi
-
Tanigava togʻining tepasi
-
Tanigava togʻidan Hotaka togʻi va Akagi togʻlari
-
Tanigava togʻining janubiy devori
-
Tanigava togʻining janubiy devori
-
Tanigava togʻining cho'qqisiga chiqish yoʻli
-
Tanigava togʻining janubiy yonbagʻri
-
Koreya-Yaponiya-Xitoy qo'shma qutqaruv mashgʻulotlari
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Tanigava togʻi haqida turkum mavjud |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mountains altitude list in Japan(Yamanashi prefecture)“. Geospatial Information Authority of Japan. Qaraldi: 2010-yil 17-dekabr.
- ↑ „Information inspection service of the Triangulation station“. Geospatial Information Authority of Japan,(間ノ岳-甲府). 2009-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-dekabr.
- ↑ „勉強会|草加山の会“.
- ↑ 日本医科大学雑誌第12巻第9号別冊 昭和16年発行
- ↑ 東京緑山岳会編「谷川岳の岩場」昭和49年発行
- ↑ (ja)