Kontent qismiga oʻtish

Tanja Niskanen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tugʻilgan joyi 11-sentyabr 1992-yil (1992-09-11) (32 yosh)
Juankoski, Finlandiya
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 in)
Ogʻirligi 70 kg (154 lb; 11 st 0 lb)
Pozitsiyasi Hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap
Liga
Sobiq jamoalar
KalPa Kuopio
JYP Jyväskylä
Milliy jamoa  Finlandiya
Jamoalardagi faoliyat 2010—2022

Tanja Niskanen (1992-yil 11-sentyabrda tugʻilgan) — finlandiyalik xokkeychi va Finlandiya terma jamoasining sobiq aʼzosi, hozirda Naisten Liga jamoalaridan biri bo'lgan KalPa Naiset jamoasi bilan oʻynaydi. 2022-yil fevral oyida Niskanen ikkinchi marta Olimpiya o'yinlari bronza medalini qoʻlga kiritganidan soʻng, u Finlandiya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan va 2022-yil mart oyida 2022-yilgi Aurora Borealis kubogi pley-off bosqichidan soʻng elit darajadagi klub musobaqalaridan voz kechish niyatini borligi haqidagi gap so'zlarga o'z fikrini bildirib bu gap so'zlar to'g'ri ekanini tasdiqlagan[1][2].

Sportdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niskanen birinchi marta 2009-yilda Finlandiya milliy terma jamoasiga qoʻshilgan va 2011-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻzining yirik turnirdagi debyutini qilgan. Finlandiya milliy terma jamoasi vakili sifatida u Pyeongchang-2018 va Pekinda 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida xokkey boʻyicha ayollar turnirlarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. U 2019-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan, 2011, 2017 va 2021-yillarda turnirlarda bronza medallarini qoʻlga kiritgan va 2016-yilda IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashgan[3].

Niskanen Finlandiyaning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar xokkey terma jamoasining oʻsmir oʻyinchisi sifatida 2008, 2009 va 2010-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi IIHF Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Niskanen hozirda Naisten Liganing KaIPa Naiset jamoasida hujumchi sifatida o'ynaydi.