Kontent qismiga oʻtish

Tanjer

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tanjer (arabcha, Tanja) — Marokashning shimoliy qismidagi shahar, Gibraltar boʻgʻozi sohilidagi port. Tanjer provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 525 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxiri). Shimoliy Marokashning savdotransport va tranzit markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Chetga sitrus mevalar, sabzavot, baliq va meva konservalari chiqariladi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari mavjud.

Tanjerga miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirida finikiyaliklar tomonidan asos solingan. Miloddan avvalgi I asrdan boshlab Rim xukmronligi ostida boʻlgan. 5-asrda vandallar, 6-asrda Vizantiya egallagan. 8-asr boshlaridan arablar qoʻl ostiga utgan. Mamlakat shim. qismining muhim iqtisodiy va madaniy markazlaridan. 1471-yilda Portugaliya, 1661-yilda Angliya hukmronligi ostiga oʻtgan. 1684-yildan Marokash tarkibida boʻlib, Marokashning boʻlinib ketishi natijasida maxsus rejimdagi zona qilib ajratilgan. Marokash mustakillikka erishgach (1956), yana uning tarkibiga kirdi.