Kontent qismiga oʻtish

Tanshixay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tanshixay (mil. 2-asr) — syanbi qabilalar birlashmasi oqsoqoli. Qabila oqsoqollari kengashida bu lavozimga saylangan. Zodagonlar naslidan boʻlgan yosh, jasur T. boshqa qabila oqsoqollarini oʻziga tobe etib, syanbi qabilalar birlashmasiga boshchilik qilgan. 155—166 yillar mobaynida T. hunnular davlatiga qarashli boʻlgan, sharqdan gʻarbga tomon 14000 li masofaga choʻzilgan barcha yerlarni egallab olgan va qisqa muddat ichida ulkan saltanatga boshchilik qilgan. T. vafotidan soʻng, uning davlati parchalanib ketgan. Hunnular mana shu magʻlubiyatlaridan soʻng, yerlaridan, Vatanlaridan mahrum boʻlib olis Gʻarbga tomon yurishlarini boshlaganlar (yana qarang Xalqlarning buyuk koʻchishi, Gunnlar).

  • Pletneva SP., Kochevniki srednevekovya, M., 1982.