Kontent qismiga oʻtish

Tanzaniyadagi samolyot qulashi

Koordinatalari: 01°20′07″S 31°49′33″E / 1.33528°S 31.82583°E / -1.33528; 31.82583
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Havo parvozi 494

5H-PWF, the aircraft involved in the accident, in 2011
Asosiy maʼlumotlar
Sana 2022-noyabr, 6-yil(6-11-2022)
Joylashuv Viktoriya Edit this on Wikidata
Kordinatalar 01°20′07″S 31°49′33″E / 1.33528°S 31.82583°E / -1.33528; 31.82583
Statistika
Yo'lovchilar 39
Ekipaj 4
Jarohatlanganlar 24

Tanzaniyada samolyot qulashi— 2022-yil 6-noyabr kuni tongda Dor-es-Salamdan mamlakat shimoli-gʻarbidagi Bukobaga yoʻl olishi mobaynida Viktoriya koʻliga qulashi natijasida vujudga keldi. Bu halokat 19 kishi olamdan koʻz yumushiga sabab boʻldi[1][2][3].

Tanzaniyaning eng mashhur xususiy aviakompaniyasi Precision Airga qarashli boʻlgan samolyot 6-noyabr kuni ertalab halokatga uchragadi. U Dor-es-Salamdan mamlakat shimoli-gʻarbidagi Bukobaga yoʻl olgan. Samolyot aeroportga qoʻnmoqchi boʻlgan vaqtda Viktoriya koʻliga qulagan.

Jabrlanganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvalroq 3 nafar qurbon haqida xabar berilgan edi, shuningdek, rasmiylar 28 kishi qutqarilganini maʼlum qilgan. Tanzania Business Insight kompaniyasi dastlab samolyot bortida 53 kishi boʻlganini xabar qildi. Keyinroq Citizen nashrining aniqlik kiritishicha, u yerda ikki uchuvchi, ikki styuardessa va 39 nafar yoʻlovchi — jami 43 kishi boʻlgan. Va ulardan 19 nafari halok boʻlgan.

Baxtsiz hodisaning sababi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu baxtsiz hodisaga yogʻingarchilik va yomon ob-havo sabab boʻlgan. Politsiya keltirgan maʼlumotlariga koʻra, samolyot 100 metr balandlikda uchayotgan payti koʻlga qulashni boshlagan. Halokatdan keyingina yomgʻir toʻxtagan va qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan edi.

Hodisaning yakuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

BBCning guvohlarga tayanib xabar berishicha, samolyot suvga tushishidan keyin mahalliy baliqchilar uning oldiga suzib borgan va ochiq orqa lyuk orqali bir qancha yoʻlovchilarni qutqarishga muvaffaq boʻlgan. Ular qutqarishgan insonlar soni 28 nafarni tashkil etardi.

  1. „Tanzaniyadagi samolyot halokati“. Tanzaniyada samolyot qulashi oqibatida uch kishi halok boʻldi, 14 kishi bedarak yoʻqolgan. xabar.uz (6-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.
  2. „Tanzaniyada samolyot qulashi oqibatida halok boʻlganlar soni 19 kishiga yetdi“ (2022-yil 6-noyabr). Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.
  3. „Tanzaniyada samolyot halokati kamida 3 kishining hayotiga zomin boʻldi“ (2022-yil 6-noyabr). Qaraldi: 9-noyabr 2022-yil.