Taqachi mahallasi
Taqachi mahallasi (Mannon Uygur koʻchasi 570) — Uchtepa tumanidagi mahalla. „Koʻrkamobod“, „Oqmachit“, „Latifguzar“, „Xojiobod“ mahallalari bilan chegaradosh. 50-yillarda bu hududda sholi, bugʻdoy ekilgan, uzumzor boʻlgan. Teatr 1966 yildagi zilziladan soʻng Taqachi mahallasining Oloy bozori, Shivli mavzeidagi aholiga shu hududdagi yer ajratib berilgan. „Taqachi“ mahallasi hozirgi. „Koʻrkamobod“ mahallasi bilan qoʻshilib Oybek mahallasi deb yuritilgan. Keyinchalik mahalla 5 ga boʻlinib, 2005 yilda „Taqachi“ nomi bilan atala boshlagan. Aholisi 4678 kishi, asosan, o'zbeklar, shuningdek, 10 ga yaqin millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida oʻrta maktab, bolalar bogʻchasi, makaron sexi, „Maxsus ish kiyim“ korxonasi, „Mexrli savdo“ firmasi va boshqalar mavjud[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.