Kontent qismiga oʻtish

Taqdir eshigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taqdir eshigi
Rejissyor(lar) Latif Fayziyev
Ssenariynavis(lar) Sharof Boshbekov
Qaysi asarga
asoslangan
Taqdir eshigi
Rollarda Dilorom Qambarova
Hojiakbar Nurmatov
Operator(lar) Temur Qayumov
Postanovkachi
rassom(lar)
Anatoliy Shibayev
Chiqarilgan sanasi 1993
Davomiyligi 1:11
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbek va rus

Taqdir eshigi (ruscha: Врата судьбы) – shu nomdagi pyesa asosida suratga olingan film yoxud zamonaviy afsona. Pyessa muallifi Sharof Boshbekovdir[1].

„Taqdir eshigi“ pyesasi 1980-yilda yozilgan boʻlib, bu Sharof Boshbekovning ilk ijod namunasi sanaladi. Yozuvchi bu bilan bogʻliq xotiralarni oʻz intervyusi orqali shunday xotirlaydi:

Maktabda yaxshi oʻqirdim, institutni ham aʼlo baholarga tugatgandim. Aniq fanlarga qiziqardim, ilmiy kitob­larni koʻp oʻqirdim, olgan bilimlarimga yarasha saviyam, dunyoqarashim ham bor edi. Lekin yozishdan yiroq edim. Qalam masalasida talant chatoq edi. Biroq oʻzimga qatʼiy ishonib „Taqdir eshigi“ pyesasini yozishni boshladim[2].

1980-yil Sharof Boshbekovning ilk pyesasi sanalgan „Taqdir eshigi“ dastlab „Yosh gvardiya“ teatrida sahnaga qoʻyilgan[3]. 1993-yilga kelib, „Fayzi film“ va „Oʻzbektelefilm“ hamkorligida film suratga olingan[4].

Pyesa koʻplab teatrlar tomonidan ham sahnalashtirildi.

Sharof Boshbekovning „Taqdir eshigi“ asari XX asrning 80 yillarida yaratilgan. Asar qahramonlari koʻp qavatli uylarning birida yolgʻiz yashovchi erkak va ayoldir. Yolgʻizlik har ikkisining ham hayotni chuqur anglashi va inson hayotda nima qilishi kerakligi borasidagi fikrlarida aks etgan. Film boshlanishida ayolning uyiga qoʻshni erkak kirib qoladi. Sehrli eshik oʻz-oʻzidan qulflanib qolgach, erkak va ayol uni qancha harakat qilmasin ocha olishmaydi. Ular oʻrtasida dastlab koʻplab anglashmovchiliklar roʻy beradi. Ammo keyinroq bir-birlariga taqdrilarini soʻzlay ketishadi. Bu ikki tomonlama iliqlik paydo boʻlishiga olib keladi. Ikki juftlikning bahslari kulgili holatda aks ettirilgan. Film soʻnggida erkak va ayol bir-birga koʻngil qoʻyadi.

  1. uz, Daryo „Taniqli dramaturg Sharof Boshbekov 71 yoshida vafot etdi“ (uz-latn). Daryo.uz (2022-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
  2. Davronbek „Sof san’at qayg‘usi (dramaturg Sharof Boshbekov bilan suhbat) (2011)“ (ru-ru). www.ziyouz.com (2014-yil 13-may). Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
  3. „BBC mehmoni-Sharof Boshbekov“ (uz-Cyrl). BBC News O'zbek (2011-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 7-sentyabr.
  4. 1993 Фильм Такдир эшиги.