Kontent qismiga oʻtish

Taqsim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taqsim — naqqoshlikda naqshning maʼlum tartibda takrorlanuvchi boʻlagi. Oʻrta Osiyo naqshlari, jumladan, oʻzbek milliy naqshlari, asosan, ana shunday takrorlanuvchi T.lardan tarkib topadi. Bezatiladigan sathT. yuzi deb ataladi. Us t a (naqqosh)lar T. yuzini qogʻozga belgilab, naqsh mujassamotining bir qismini chizib oladi, chizma asosida naqshning axtdsini tayyorlaydi. Takrorlanadigan T. asosida bezatilayotgan yuza toʻldirib chiqiladi va bezatiladi. T. turlari: aylanma T. — doyra yoki gumbazga moʻljallanib, naqsh mujassamotining 1/4, 1/6, 1/8 ... 1/12 va hokazo qismini tashkil etadi va doyra boʻylab yonmayon takrorlanadi; toʻgʻri T. toʻgʻri chiziq boʻylab takrorlanadi; chapu rost T. axtasi toʻgʻri va teskari almashinib takrorlanadi. Anʼanaviy naqqoshlikda T.ning bu turlari, ayniqsa, islimiy va girih naqshlarda keng qoʻllanadi.[1]

  1. „Taqsim“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil