Kontent qismiga oʻtish

Taqsimot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taqsimot — ijtimoiy takror ishlab chiqarish.ning muhim boʻgʻini, ishlab chiqarish.ni ayirboshlash va isteʼmol bilan bogʻlovchi munosabatlar tizimi; iqtisodiy resurelar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, ularning qiymat shakli hisoblangan daromadlarni iqtisodiyot subʼyektlari oʻrtasida taqsimlanishiga xos boʻlgan iqtisodiy munosabatlar.

Har bir mamlakat va jamiyatda iqtisodiy tizimning ajralmas qismi hisoblanadigan oʻziga xos T. tizimi boʻlib, unga taqsimlash obʼyekti (resurelar, mahsulot va xizmatlar), taqsimlash subʼyekti — ishtirokchilari, taqsimlash qonunqoidalari, taqsimlashda ishtirok etuvchi vositachi intlar, taqsimotga oid krnunchilik, T. siyosati kiradi.

T. ishlab chiqarish hosilasi, biroq u ishlab chiqarish.ga nisbatan passiv boʻlmaydi, aksincha unga faol taʼsir etadi. Tarixan T.ning 3 usuli borligi kuzatiladi. Anʼanaviy usul, unga xos belgi —resurelarning, yaratilgan mahsulot va xizmatlarning azaddan amal qilayotgan urfodatlarga binoan taqsimlanishidir. Masalan, Oʻrta Osiyoda ijarachi dehqon — koranda olgan hosil dehqon bilan yer egasi oʻrtasida ogʻzaki kelishuvlar, mavjud taomillarga koʻra taqsimlangan, dehqon oʻz ulushidan oʻlpon toʻlagan, kafsan ulashgan va hokazo. Bozor usuli — bu usulda resurslar bozordagi talab va taklifnnt holatiga qarab taqsimlanadi, resurslar talab kam yerdan talab koʻp joyga oʻtadi. T.ning bozor usuli ustivor boʻlsada, uning nobozor usuli ham qisman mavjud boʻladi, bunda xayriehson qilinadi, muhtojlarga yordam koʻrsatiladi. Rejali usulga kura iktisodiy resurslar davlat idoralari tomonidan yuqoridan turib, yagona davlat rejasiga binoan taqsimlanadi. Markazlashtirilgan iqtisodiyotda resurslar, pul mablagʻlari, mahsulotlarni rejali taqsimlash makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajalarda iktisodiyotni boshqarishning eng muhim quroli hisoblanadi. Rejali T. markazlashgan, maʼmuriy T. boʻlib, resurslarni, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, daromadlarni ehtiyojni hisobga olib erkin taqsimlanishiga yoʻl bermaydi. Bu tabiatan bir tekisda taqsimlash boʻlib, ish natijalarini hisobga olmaganidan iktisodiy oʻsishga yetarli stimul bermaydi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda (jumladan SSSRda) 1917—1990-yillar mobaynida amal qilgan.

21-asr boshiga kelib T.ning bozor usuli umuminsoniy va ustivor usulga aylandi. Bozor sharoitida resurslarni talabtaklif qonuniga koʻra taqsimlanishi muhim boʻlsada, daromadlarga tovar va xizmatlar ayirboshlanishi sababli ishlab chiqarish. natijasi boʻlgan daromadlarni taqsimlash gʻoyat katta ahamiyatga ega. Bozor tizimiga xos taqsimot qonuniga koʻra daromadlar iktisodiyot ishtirokchilari oʻrtasida ular ixtiyoridagi resurslarning miqdori, sifati va ishlatilish samarasiga qarab taqsimlanadi. Bunday taqsimotga koʻra ish kuchi egalari ish haqi va turli mukofotlar oladi, tadbirkorlar kapital sohibi sifatida foyda koʻradi, pul egalari foiz, yer egalari renta oladilar. T. dastlab ishlab chiqarish. faoliyati bilan bogʻliq sohalarda yuz beradi va bu birlamchi T. hisoblanadi, uning natijasida bozor T. usuli hosil etgan daromadlar hisoblanadigan asosiy daromadlar yuzaga keladi, bu tarkiban ish haqi, foyda, renta va foizdan, shuningdek, ijtimoiy sugʻurta fondiga badallar, bilvosita soliklardan iborat. Birlamchi taqsimlashda davlat ham ishtirok etadi. Davlat iqtisodiyot ishtirokchisi sifatida jamiyatga bepul ijtimoiy neʼmatlarxizmatlar yetkazib bergani uchun va fuqarolik jamiyatiga xizmat qiluvchi siyosiy institut boʻlganidan daromadlarning bir qismini soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar shaklida byudjetga oladi.

Ikkilamchi yoki qayta taqs im lash yuz berganda asosiy daromadlar ularning sohiblari bilan jamiyatning boshqa aʼzolari oʻrtasida taqsimlanadi (bevosita soliklar, dividendlar, subsidiyalar, ijtimoiy toʻlovlar), natijada hosila daromadlar yuzaga keladi. Qayta taqsimlash moliya va kredit mexanizmi orqali yuz beradi. Bunda davlat, firma, xonadon, nodavlat va ijtimoiysiyosiy tashkilotlar moliyasi asosiy rol oʻynaydi. Ular turli moliyaviy ajratmalar tashkil etadilar. Davlat byudjetidan davlat pensiyasi, subsidiyalar, nafaqa va yordam puli ajratilib, ular xonadonlar, firmalar va nodavlat tashkilotlarga beriladi va oʻsha subʼyektlar tomonidan qayta taqsimlanadi.

Ahmadjon Oʻlmasov, Rustam Hasanov.