Kontent qismiga oʻtish

Taragʻaytepa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Taragʻaytepa — antik davrga oid qalʼa xarobasi (14-asrlar). Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida, Tentaksoyning chap sohilida joylashgan. 1968-yil va 1982-yillarda tadqiqot ishlari olib borilgan. Kvadrat tarxli (50x50) qalʼa burchaklariga doyra shaklidagi burjlar oʻrnatilgan (bal. 8 m). T.ning yuqori qismidan kushon podsholaridan Vasudeva I va Kanishka III davriga oid tangalar, terrakotadan yasalgan baqtriyalik jangchining bosh qismi, qizil angob bilan sirlangan sopol parchalari topilgan.