Targʻitoy
Targʻitoy — skiflarning afsonaviy bobokaloni. Gerodotning yozishiga koʻra, skiflar mamlakati qadimda kimsasiz boʻlib, dastlabki inson T. boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, T.ning otasi yunonlarning bosh xudosi Zevs, onasi Borisfen (Dnepr) daryosi maʼbudasi boʻlgan. Bu rivoyatga Gerodotning oʻzi ham shubha bilan yondashgan. T.ning 3 oʻgʻli: Lipoqsoy, Arpoqsoy va Qoloqsoy bor edi. Ularning podshohligi davrida skiflar yeriga osmondan oltin buyumlar: omoch, boʻyinturuq, oybolta va qadah tushgan. Bu buyumlarni dastlab katta oʻgʻli koʻrgan. U borib buyumlarni koʻtarish uchun engashganda oltin buyumlar alanga olgan. Shundan soʻng katta oʻgʻil chekinib, oʻrtancha oʻgʻil yaqinlashgan. Oltin buyumlarni yana alanga chulgʻab olgan va uning issiq tafti ikki akaukani tisarilishga majbur etgan. Shunda 3kenja oʻgʻil yaqinlashgan, alanga oʻchib qolgan va u oltin buyumlarni oʻz uyiga olib kirgan. Shuning uchun akalari podsholikni unga berishga rozi bulishgan. T. ismi urta ayerlarda Dashti Qipchoq aholisi urtasida Targʻutoy, Tarqutoy, shaklida xam keng tarqalgan ("Shajarayi turk").
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |