Tarixi elchi-yi Nizomshoh
Xurshoh o‘z hukmdori Burxon Nizomshohga atab “Tarix-i elchi-yi Nizomshoh” (“Nizomshoh elchisining tarixi”) nomli asar yozgan. “Tarix-i elchi-yi Nizomshoh” umumiy tarix tipida yozilgan asar bo‘lib, Odam Ato va Momo Havo zamonidan to 1562-63 yillargacha musulmon mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan voqealarni bayon etadi.
Asar muqaddima va yetti qimsdan (maqola) iborat.
Muqaddima Odam Ato va Momo Havo hususida so‘z boradi.
Birinchi maqolada Eron, Yaman va boshqa mamlakatlarning islomiyatgacha bo‘lgan tarixi, ikkinchi maqolada Muhammad payg‘ambar, uning vorislari (Xalifayi Roshidin), Umaviylar va Abbosiylar davri; uchinchisida Abbosiylar bilan zamondosh bo‘lgan mahalliy hukmdori; to‘rtinchi maqolada mo‘g‘ullar, Chingizxon va avlodining tarixi, beshinchisida Temur va Temuriylar, oltinchi maqolada Qora qo‘yunlu, Oq quyunlilar sulolasidan chiqqan podsholar, Shoh Tahmosp va Rum podsholari tarixi va nihoyat, so‘nggi yettinchi maqolada Hindistonda hukmron bo‘lgan sultonlar haqida hikoya qilinadi.
“Tarix-i elchi-yi Nizomshoh”ning qo‘lyozma nusxalari Eron va Angliya kutubxonalarida saqlanmoqda.
Asardan ayrim parchalar (matni) Karl Shefer tarafidan Parijda 1885 yili chop etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).