Tarixi salotini mang‘itiya
Muallif(lar) | Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy |
---|---|
Til | fors |
Tarixi salotini mangʻitiya – (Mangʻit hukmdorlari tarixi) – tarixiy asar. Muallifi Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy. Asar 1906-1908-yillarda yozilgan. Ushbu asar Buxoro amiri Amir Muzaffarxon davriga bagʻishlangan[1]. Asarda Buxoro-Rossiya munosabatlari, Rossiya bosqini arafasida siyosiy va iqtisodiy ahvol, Samarqandning ruslar tomonidan bosib olinishi, Buxoro amirligidagi yuz bergan voqealar haqida maʼlumotlar keltirilgan. Asarda Abdumalik Toʻra faoliyatiga hayrixohlik bilan yondashilgan[2]. Asarda Somiy oʻzining qarashlarini dalillar asosida oshor qilib yoza olgan[2]. Asar Buxoro amiridan yashiringan holda yaʼni norasmiy tarzda yozilgan. Tarixchi olim Halim Toʻrayev fikriga koʻra asar faktlarga boyligi bilan oʻsha davrdagi mahalliy manbalardan ajralib turadi[3]. Asar uch qismdan iborat. Jumladan asarning umumiy qismi va Amir Muzaffarxonning taxtga kelishi, Rossiya-Buxoro munosabatlari va Rossiya tomonidan Buxoro amirligi hududlari egallanishi, 1904–1905-yillarda rus-yapon urushi va birinchi rus inqilobi, 1898-yilgi Andijon qoʻzgʻolonidan iborat[3]. Mirzo Somiy asardagi voqealarga jonli guvoh boʻlgan. U asarida Jizzaxda boʻlib oʻtgan janglar, magʻlubiyat sabablari haqida yozib oʻtgan[3]. Asarda Amir Abdulahadxon davri haqida ham maʼlumotlar mavjud. Somiy Amir Abdulahadxonni Karmanaga qarorgohini koʻchirganligini tanqid ostiga olgan. Aynan shu sababli barcha iqtisodiy-moliyaviy ishlar Ostonaqul qoʻshbegi qoʻliga oʻtganini takidlaydi. Asarda Amir Abdulahaxon davrida Buxoroda osoyishtalik, xalq farovon yashagani ijobiy tarzda baho beradi[4]. „Tarixi salotini mangʻitiya“ Somiy 1898-yilgi Andijon qoʻzgʻoloni haqida maʼlumotlar keltirilgan. U Dukchi eshon qoʻzgʻoloniga salbiy fikr bergan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Зияева 2022, s. 52.
- ↑ 2,0 2,1 Зияева 2022, s. 53.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Тўраев 2023, s. 133.
- ↑ 4,0 4,1 Тўраев 2023, s. 137.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Зияева Доно. Ўзбекистон тарихига оид манба ва тадқиқотлар. Тошкент: Nurafshon business, 2022 — 456-bet. ISBN 978-9943-6044-2-1.
- Тўраев Ҳ. Бухоро тарихи ёзма манбалари. Бухоро: Durdona, 2023 — 204-bet.