Kontent qismiga oʻtish

Abel Tasman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tasman Abel Yanszondan yoʻnaltirildi)
Abel Janszoon Tasman
Tavalludi 1603
Lutgegast, Groningen provinsiyasi
Vafoti 1659, 10-oktabr
Jakarta
Fuqaroligi Dutch Republic[1][2]
Kasbi sayohatchi-tadqiqotchi

Tasman Abel Yanszon (niderlandcha: Abel Janszoon Tasman, 1603, Lutgegast, Groningen provinsiyasi — 1659, 10-oktabr, Jakarta) — gollandiyalik dengizchi sayyoh, Niderlandiyaning OstIndiya kompaniyasida xizmat qilgan. 1638—41 yillarda savdo kemasiga qoʻmondonlik qilib, Sharqiy Osiyo dengizlarida suzgan. Shimolda Yaponiyagacha suzib borib, Bonin orolini kashf qilishda (1639) qatnashgan. Okeaniya (1642—43) va Avstraliyani (1644) tadqiq qilgan ekspeditsiyalarga boshchilik qilgan.

Tasman 1-ekspeditsiyaning maqsadi boʻlgan „nomaʼlum janubiy materik“ni izlash davomida Van Dimen Yerining janubiy va sharqiy sohillarini (1853-yilda orol uning nomiga qoʻyilgan), Yangi Zelandiyaning gʻarbiy sohili, TriKings va Tonga orollari, Fiji guruhidagi baʼzi orollarni topib xaritaga tushirgan.

2-ekspeditsiya Karpentariya qoʻltigʻining janubiy va gʻarbiy sohillari, Avstraliyaning shimoli-gʻarbiy qismigacha yetib bordi. Ikkala ekspeditsiya Avstraliyaning alohida quruqlik ekanligini, taxmin qilingan janubiy materik bilan tutash emasligini tasdiqladi. Avstraliya bilan Yangi Zelandiya oraligʻidagi dengiz, orol, Yangi Zelandiyaning Janubiy orolidagi qoʻltiq, muzlik va boshqa geografik obʼyektlar Tasman nomi bilan atalgan.



  1. (unspecified title)University of Tasmania.
  2. (unspecified title)