Tasodifiy hodisa
Qiyofa
Tasodifiy hodisa (ehtimollar nazariyasida) — maʼlum shartlar bajarilganda roʻy berishi ham, bermasligi ham mumkin boʻlgan yoki berishi aniq ehtimollikka ega boʻlgan hodisa. Agar koʻp tajribalar oʻtkazilganda Tasodifiy hodisaning roʻy berish chastotasi biror r soniga yaqinlashsa, mana shu son Tasodifiy hodisaning ehtimolidan iborat boʻladi. Masalan, yangi tugilgan bolaning oʻgʻil boʻlish ehtimoli koʻproq (0,515) ligi koʻplab kuzatishlar asosida hisoblangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |