Tatiana Kononenko
Tatiana Kononenko (ukraincha: Тетяна Сергіївна Кононенко; 1978-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — ukrainalik shaxmatchi. U 1997-yilda FIDE ayollar shaxmat ustasi (WIM) va bir yildan soʻng esa ayol grossmeyster (WGM) unvonlarini oldi. U 2006-yilda Kononenko FIDE xalqaro ustasi (IM) unvonini qoʻlga kiritdi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1995-yildan 1997-yilgacha Kononenko yoshlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha „Yevropa chempionati“da qatnashdi va ikki marta kumush medalni qoʻlga kiritdi, bu uning dastlabki, yirik turnirlarda qoʻlga kiritgan medallari edi. Shundan keyin u keyingi turnirda 1995-yilda Zaganda (U18 yosh toifasi) va 1996-yilda Tapolcada (U20 yosh toifasi) qatnashdi. 1998-yilda Kiyevda shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi, Ukraina chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasidagi turnirda qatnashib u yerda kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2001-yilda Kramatorsk shahrida boʻlgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Ukraina chempionatida Tatiana Kononenko yana bir kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2002-yilda Antaliyada shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi blits boʻyicha Yevropa chempionatida ham kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ayollar oʻrtasidagi bir nechta xalqaro shaxmat turnirlarida: Vladimirdagi Yelizaveta Bikova yodgorligi, Rossiya (2004-yil, Yelena Dembo bilan birga), Benasque (2005-yil), Almería (2007-yil) turnirlarida gʻolib boʻlgan.
2000-yillarda Kononenko ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida shaxmatning nokaut tizimi boʻyicha ishtirok etdi;
- 2001-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida birinchi turda Svetlana Petrenkoga yutqazib qoʻydi[2].
- 2006-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida birinchi bosqichda Iveta Radzievichga yutqazib qoʻygan[3].
Kononenko Ukraina terma jamoasida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida ham oʻynagan[4];
- 1999-yilda Batumida boʻlib oʻtgan 3-Yevropa jamoaviy shaxmat chempionatida (ayollar turniri) birinchi zaxira taxtasida qatnashgan(+1, =0, −2).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Title Applications - 3rd quarter Presidential Board, 22-23 September 2006 - International Master (IM) - Kononenko, Tatiana“. FIDE.com. Qaraldi: 2017-yil 7-iyun.
- ↑ „2001-02 FIDE Knockout Matches : World Chess Championship (women)“. Mark-Weeks.com. Qaraldi: 2017-yil 7-iyun.
- ↑ „2006 FIDE Knockout Matches : World Chess Championship (women)“. Mark-Weeks.com. Qaraldi: 2017-yil 7-iyun.
- ↑ Bartelski. „European Women's Team Chess Championship :: Tatiana Kononenko“. OlimpBase.org. Qaraldi: 2017-yil 7-iyun.