Kontent qismiga oʻtish

Tatyana Felgengauer

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Felgengauer Tatyana Vladimirovna
Tavalludi
Tatyana Vladimirovna Shadrina

6-yanvar 1985-yil (1985-01-06) (39 yosh)
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Taʼlimi Moskva davlat pedagogika universiteti
Kasbi Radio jurnalisti
Otasi Pavel Felgenhauer

Tatyana Vladimirovna Felgengauer (asl ismi – Shadrina[1], 1985-yil 6-yanvarda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR[2]) – rossiyalik jurnalist, va muxbir. „Exo Moskva (aks-sadosi)“ radiostansiyasi koʻrsatuvlari boshlovchisi, muharrir oʻrinbosari boʻlgan. Shuningdek, Deutsche Welle sharhlovchisi[3]. Harbiy kuzatuvchi Pavel Felgengauerning oʻgay qizi[4]. Time jurnalida yozilishicha, 2018-yilning eng yaxshi odamlaridan biri boʻlgan[5].

Tatyana Felgengauer 1985-yil 6-yanvarda Toshkentda tugʻilgan. 1996-yildan 2022-yilga qadar Moskvada yashagan. Moskvadagi 875-sonli maktabda oʻqib (uning oʻqituvchilaridan biri Aleksey Venediktov edi), Moskva pedagogika universitetining Siyosat sotsiologiyasi mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichini tamomlagan[4].

Tatyana 18 yildan koʻproq vaqt ichida „Exo Moskva“ radiostansiyasining xodimi boʻlgan. Uning muxbir sifatida efirga birinchi chiqishi Marina Korolevaning 2005-yildagi Moskva elektr tarmogʻidagi avariyaga bagʻishlangan dasturida boʻlgan[4]. „Utrenniy razvorot“ (Aleksandr Plushev bilan birgalikda[6]) va „Osoboe mnenie“ dasturlarining boshlovchisi. 2022-yilning yanvar oyida „tuyish yoqasidagi hissiy charchoq“ tufayli radiostantsiyani tark etgan. Tatyaning soʻzlari bilan aytganda, norasmiy ravishda „cheksiz taʼtil“ ga chiqadi, lekin Rossiyaning Ukrainaga toʻliq miqyosli bostirib kirishi boshlanganini bilishi bilanoq qaytib keladi[7]. 2022-yil 3-martda radiostantsiya yopilgandan soʻng, 4-mart kuni yopilgan Exo YouTube kanalida epizodlarni efirga uzatgan.

2019-yil 30-martdan 2020-yil 21-yanvargacha „V smisle?“ dasturini olib borib, Dojd telekanalida oʻsmirlar bilan dolzarb mavzularda muloqot boʻlib oʻtadi[8]. 2020-yil dekabr oyidan boshlab MBH Media YouTube kanalida mualliflik blogini nashr etgan[9]. Shuningdek, 2020-yil iyun oyidan boshlab oʻzining YouTube kanalini boshqaradi. 2023-yil iyun holatiga koʻra, kanal 94 mingdan ortiq obunachi va 6 million tomoshaga ega.

2022-yildan Vilnyusda[10][11] istiqomat qiladi. 2022-yil avgustdan 2023-yil aprelgacha – rus tilidagi Deutsche Welle YouTube kanalida DW News kundalik dasturining boshlovchisi (Aleksandr Plushev bilan birga) boʻlib ishlaydi[12].

2010-yilgi jurnalistika boʻyicha Moskva mukofoti sovrindori (Matvey Ganapolskiy bilan birga[13][14]) boʻlgan.

Bolotnaya maydoni va Saxarov shoh koʻchasidagi saylovlarda firibgarlikka qarshi norozilik namoyishlari ishtirokchisi boʻlib, radiostantsiya efirida voqealarni yoritgan.

2022-yil 21-oktyabrda Rossiya Adliya vazirligi Tatyana Shadrinani (Felgengauer) „xorijiy agentlar[15]“ shaxslar roʻyxatiga qoʻshadi.

2017-yilning 23-oktabrida kunduzi soat ikkilarda „Exo Moskvi“ radiostansiyasi binosiga pichoq bilan qurollangan shaxs bostirib kirib, Tatyananing tomogʻidan jarohat yetkazgan. Jinoyatchini toʻxtatmoqchi boʻlgan qoʻriqchi ham yaralanadi. Tatyana Felgengauerga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgandan keyin zudlik bilan Sklifosovskiy nomidagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga yetkazilgan. U yerda uch soatlik operatsiyani oʻtkazadi[16].

U 2017-yil 2-noyabrda kasalxonadan chiqarilgan[17].

Hujum qilgan shaxs radiostansiya xavfsizlik xizmati tomonidan qoʻlga olinib, politsiyaga topshirilgan[18][19]. Jinoyatchi 48 yoshli Gruziya[20], Rossiya va Isroil fuqarosi Boris Grits[21] boʻlib chiqadi. Tergov paytida u Tatyana Felgenhauer bilan „telepatik“ aloqasi borligini va jurnalistning „juda bezovta“ ekanligini aytgan[22]. Mazkur holat yuzasidan „Oʻldirishga urinish“ moddasi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining[23] 30-moddasi 3-qismi va 105-moddasi 2-qismi „h“ bandi) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan[20].

2018-yilning may oyida Moskvaning Presnenskiy sudi Gritsni aqldan ozgan deb topib, uni majburiy davolanishga yuboradi. Felgengauerning advokatlari ham jurnalistga 100 ming rubl tovon puli toʻlashni talab qilishgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatyana Felgengauer 2011-yilda „Fratriya[24]“ muxlislar uyushmasining sobiq rahbari Evgeniy Selemenevga[25] turmushga chiqqan. Ammo, nikoh atigi olti oy davom etadi[26]. Tatyananing aytishiga qaraganda, keyinchalik jamoatchilik fikrining bosimi ostida turmushga chiqqan, lekin nikohida baxtli boʻlgan[26].

  • Otasi – Vladimir Shadrin.
  • Onasi – falsafa fanlari nomzodi Yelena Aleksandrovna Felgengauer (1956-yilda tugʻilgan).
  • Oʻgay otasi – rossiyalik biolog, jurnalist, harbiy kuzatuvchi Pavel Yevgenyevich Felgengauer
  1. Дорофеев Р. „Ведущая «Эха Москвы» Татьяна Фельгенгауэр дала показания по делу о покушении на неё“. Коммерсантъ (2018-yil 3-may). 2018-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
  2. „Vecherniy kanal“ s Tatyanoy Felgengauer na radio „Exo Moskvi“
  3. Deutsche Welle (www.dw.com). „Татьяна Фельгенгауэр | DW | 30.12.2020“ (ru-RU). DW.COM. 2021-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  4. 4,0 4,1 4,2 Programma „Sotrudniki“ na radio „Exo Moskvi“
  5. Karl Vick. „TIME Person of the Year 2018: The Guardians“ (en). Time. 2019-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
  6. „СК возбудил дело о покушении на убийство журналистки "Эха Москвы"“. ТАСС (2017-yil 23-oktyabr). 2017-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-oktyabr.
  7. Артём Филатов. „Татьяна Фельгенгауэр: жизнь «в командировке», разгром независимой журналистики и любовь к России.“. YouTube-канал «Опыт свободы» (2023-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 18-avgust.
  8. „«В каком смысле?!». Что нового расскажет о подростках программа телеканала «Дождь»“. Эхо Москвы (2019-yil 8-iyul). 2019-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  9. „Блог Тани Фельгенгауэр“. youtube.com. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  10. Елизавета Дако, Дмитрий Семёнов. „Александр Плющев: никто не собирался нападать на Россию, это видели все“. Delfi (2022-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
  11. „Это точно не навсегда? Что чувствуют уехавшие из России и оставшиеся в стране“. Рядом. Техника речи (2022-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
  12. „Что не так с гаубицами PzH 2000? DW Новости Шоу с Александром Плющевым и Татьяной Фельгенгауэр“. 2022-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
  13. Mer Moskvi Sergey Sobyanin vruchil premii Moskvi 2010 goda v oblasti jurnalistiki
  14. „Указ мэра Москвы № 165-УМ от 31 декабря 2010 года — О присуждении премий города Москвы 2010 года в области журналистики“. 2017-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „Минюст объявил «иноагентами» Александра Роднянского, Михаила Зыгаря, Александра Плющева и Татьяну Фельгенгауэр“. Meduza (2022-yil 22-oktyabr).
  16. „Ведущая "Эха Москвы" Татьяна Фельгенгауэр находится в коме после операции“ (ru). Life.ru. Qaraldi: 2017-yil 23-oktyabr.
  17. „Татьяну Фельгенгауэр выписали из больницы“ (ru). ria.ru. 2017-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-noyabr.
  18. „Ворвавшийся на радиостанцию мужчина ударил ножом в горло ведущую радиостанции Татьяну Фельгенгауэр“ (ru). Эхо Москвы. 2018-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-oktyabr.
  19. „Охранники при задержании получили травмы.“. 2017-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-oktyabr.
  20. 20,0 20,1 „«Порезавшим Фельгенгауэр оказался гражданин Израиля»“. 2019-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-oktyabr.
  21. „В Кремле считают неправильным искать политику в нападении на Фельгенгауэр“. Ведомости (2017-yil 24-oktyabr). 2017-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-oktyabr.
  22. „Что произошло за сутки после нападения на Татьяну Фельгенгауэр? Журналистка пришла в сознание, нападавший обвинен в покушении на убийство и отправлен под арест — Meduza“ (ru). Meduza. 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
  23. Jinoyat kodeksi
  24. „Мой нефанатский выезд в Дагестан“. 2016-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
  25. Blog radiostansii „Exo Moskvi“
  26. 26,0 26,1 Programma „Razbor polyota“ s Sofiko Shevardnadze na radio „Exo Moskvi“