Tatyana Konyuxova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tatyana Konyuxova Georgievna (1931-yil 12-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va rus aktrisasi, 1991-yilda RSFSR xalq artisti, hamda 1967—1991-yillarda KPSSning rasmiy aʼzosi boʻlgan.

U turli janrdagi oʻnlab filmlarda komik aktrisa sifatida rol oʻynagan[1]. 1952-yilda „Mayskaya noch, ili Utoplennitsa“, 1995-yilda „Dobroe utro“ , 1958-yilda „Nad Tissoy“ , 1961-yilda „Karera Dimi Gorina“, 1964-yilda „Jenitba Balzaminov“ kabi filmlarda roʻl ijro qilgan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1931-yil 12-noyabrda Oʻzbekiston SSR poytaxti – Toshkent shahrida harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan. Boʻlajak rassomga uning xolasini ismini qoʻyishgan[2].

Ota tomonidan bobosi bosh agronomlik lavozimida butun Poltava yaqinidagi shakar zavodlari uchun lavlagi yetishtirish bilan shugʻullangan. Buvisi esa polshalik boʻlgan[2].

Ota-onasi Poltavalik edi. Otasi – Georgiy Konyuxov Stepanovich harbiy muhandis boʻlgan. Georgiy Oʻzbekiston kompartiyasi markaziy qoʻmitasida paxta zavodi direktori boʻlgan. Qatagʻon yillarida nohaq qoralash oqibatida 3 yil xizmat oʻtagan. TVC telekanalidagi „Moy geroy“ dasturi muallifi Tatyana Ustinova bilan suhbatda Konyuxovaning aytishicha „Vishnevskiy malhamining hidi hali ham otasi qamoqda yuqtirgan kasallikni eslatadi“. Onasi – Anastasiya Konyuxova Denisovna uy bekasi boʻlgan. Oilada yana bitta akasi va bitta opasi boʻlgan. Opasini Tatyana tarbiyalagan, chunki akasi Igor vafotidan keyin onasi uzoq vaqt tushkunlikka tushib qolgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolaligi Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon qishlogʻida oʻtgan. 1946-yilda otasi Latviyaga ishlash uchun yuborilgan va Konyuxovlar oilasi Rigaga koʻchib oʻtgan.

U besh yoshida rassom boʻlishni orzu qilgan, qoʻshiq aytish, raqsga tushish va kino ishqibozi boʻlgan. U Lyubov Orlova bilan (1936-yil) „Tsirk“ va (1934-yil) „Vesyolie rebyata“ filmlarini, Marina Ladynina bilan (1939-yil) „Traktoristi“ filmlarini qayta-qayta tomosha qilgan. U ekranda koʻrgan hamma harakatlarni takrorlagan. U „Tsirk“ning barcha musiqiy chiqishlarini yoddan bilgan va aytib ham bera olgan.

1949-yilda Liepaya shahridagi oʻrta maktabni tamomlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Кино: Энциклопедический словарь. М.: Советская энциклопедия, 1987 — 209 bet. 
  2. 2,0 2,1 Комраков, Дмитрий. „Татьяна Конюхова: «Две тысячи лет не срок для настоящей любви»“. newvz.ru (2016-yil 11-fevral). 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-may.