Kontent qismiga oʻtish

Tavila suv omborlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tavila suv quvurlari
Suv quvurlarining eski chizmasi.
Jebal Shamsan tomon qaragan suv quvurlarining koʻrinishi

Tavila suv quvurlari — Yamanning Adan shahridagi eng mashhur tarixiy joylardan biri hisoblanadi. Suv quvurlari bir-biri bilan bogʻlangan bir necha qismlardan iborat. Ushbu joy Adanning eng qadimgi tumani Kraterning janubi-gʻarbidagi Vadi-Tavilada joylashgan. Dastlab 53 ta suv omborlari qoldiqlari bor edi. Ammo XIX asrda inglizlar tomonidan amalga oshirilgan taʼmirlash ishlaridan keyin faqat 13 tasi saqlanib qolgan. Inshoot Shamsan massividan Vadi-Tavila orqali oqib oʻtadigan suvlar va davriy davom etadigan yomgʻirlar oqibatida kelib chiqishi mumkin boʻlgan toshqinlarning oldini olish maqsadida qurilgan. Suv quvurlarining eng kattasi markazida joylashgan Koglan suv quvuri hisoblanadi. Yana bir yirik suv quvuri maydon tashqarisida, eng past nuqtada joylashgan boʻlib, aylana shaklidagi Playfair suv quvuri.

Suv quvurlari Vadi-Taviladagi vulqon otilishi natijasida paydo boʻlgan qoyalardan oʻyilgan. Suvni uzoq vaqt ushlab turish uchun quvurlar devorlari suv oʻtkazmaydigan qilib ishlangan. Vulqon qoldiqlaridan qolgan qoyalardan kul olishgan va sement sifatida ishlatishgan.

Inshootga tashrif buyuruvchilar koʻpincha Koglan yonidagi lavhadagi soʻzlardan hayratda qolishadi. Lekin inshootning asl qurilishi haqida hech qanday aniq maʼlumotlar mavjud emas. Haqiqatan ham dalillar, ishonchli manbalar juda kam. Haqiqatga yaqinroq taxminlardan birida shunday deyiladi: „Islomgacha boʻlgan arab shohligida Himyar (mil.avv 115-yildan milodiy 525-yilgacha) Yamanning baʼzi hududlarida hukmronlik qilgan. Ushbu davrda himyarlar oʻz hukmronligi ostidagi boshqa hududlarda suv toʻplash uchun idishlardan foydalanganlar. Bunday vaziyatni bartaraf etish maqsadida Tavila sardobalariga aylangan hududda suv havzalarini qurish ishlari boshlangan“.

Tavila suv quvurlari haqida qisqa maʼlumot

Suv quvurlari milodiy VII asrda Yamanga Islom kirib kelganidan keyin baʼzi qoʻlyozmalarda: „Adanda yomgʻirdan soʻng suv saqlaydigan suv omborlari bor“, - deb yozilgan[1]. Al-Makdsiy uch asr oʻtib Adanda quduqlar va suv quvurlari mavjudligini qayd etgan[2]. Rasuliylar sulolasi davrida (milodiy 1229 — 1454-yillarda) quvurlar yaroqsiz holga kelgan edi. Biroq, oradan vaqt oʻtib bu inshootlar kerakligini bilishdi va ularni qayta tiklashga kirishishdi[3]. Ushbu holat baʼzi manbalarda Rasuliylar tomonidan qurilgan degan taxminlar kelib chiqishiga ham sabab boʻlgan. Rasuliylar sulolasidan keyin ham sardobalar suv toshqinlari oqibatida vayronaga aylanib bora boshlagan.

Britaniya Adanni bosib olgandan soʻng (1839-yil) sardobalar qarovsiz qolgan. Natijada, ular koʻmilib bora boshlagan. Oradan vaqt oʻtib Robert L. Playfair qazilma ishlari davomida ushbu joylarni aniqlagan.

Suv quvurlarining yaqindan koʻrinishi

Bugungi kunda suv omborlari sayyohlik maskani hisoblanadi. Ular o‘n besh yildan beri suv bilan to‘ldirilmagan. Ular hali ham suv toshqinlarida yordam berishi mumkin deb taxmin qilinadi.

  1. Al-Hasan Bin Ahmed Al-Hamadani, Sefat Jazeerat Al-Arab, reviewed by Mohammed Bin Ali Al-Akwa (Beirut, 1983).
  2. Al-Makdasi, Ahsan Altakaseem Fi Marefat Alakaleem (Leiden, 1906).
  3. yradio.gov.ye (Wayback Machine saytida 2007-08-23 sanasida arxivlangan). In Arabic. Retrieved on 2007-11-14.