Tayvan ibtidoiy madaniyat milliy muzeyi
Tayvan ibtidoiy madaniyat milliy muzeyi (xitoycha : 國立臺灣史前文化博物館, pinyin: Guólì Táiwān Shǐqián Wénhuà Bówùguǎn) ― Tayvanning Taydun shahri, Taydun okrugida joylashgan.
Muzey Taydun temiryoʻl vokzali yonida, Bouguan-lu (Muzey koʻchasi) dan besh daqiqalik yoʻl uzoqligida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1980-yilda Tayvan temir yoʻlining janubiy liniyasi qurilishi vaqtida neolit davri madaniyatiga oid Beynan (卑南 遺址-)[1] („beinan“ xitoychada „puyuma“ degan maʼnoni anglatadi) artefaktlari topildi. Slanets sarkofag va artefaktlar topilganidan soʻng Taydun shahri rahbariyati taklifi bilan Taydun stansiyasining qurilishi toʻxtatildi. Tayvan Davlat universiteti boshchiligidagi mutaxassislar jamoasi 10-yillik qazishma ishlari natijasida oʻn gektarga yaqin maydondan 1500 dan ortiq qabr va oʻn minglab artefaktlarni topishdi. Ushbu topilma Tayvanning oʻrta neolit davridagi tarixiga oid eng muhim arxeologik yodgorlik boʻlib chiqdi. Keyingi yillarda hudud Beynan madaniyat bogʻiga aylantirildi.
Ochiq osmon ostidagi muzey va muzey binosini tashkil etish taklifi 1990-yilda tasdiqlandi. Muzey binosi amerikalik arxitektor Maykl Greyves tomonidan ishlab chiqildi[2]. Binodan foydalanish jarayoni 2001-yil 10-iyulda boshlandi va muzeyning rasmiy ochilishi 2002-yil 17-avgustda boʻlib oʻtdi[3][4].
Muzey 2020-yil 31-mayda taʼmirlash ishlari uchun yopildi[5]. Ayni paytda u tashrif buyuruvchilar uchun yopiqligicha qolmoqda, ammo muzey xodimlari boshqa maydonlarda ishlashda va tadbirlar oʻtkazishda davom etmoqdalar.
Koʻrgazmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tayvanning tabiiy tarixi (MET Studio tomonidan ishlab chiqilgan, London)
- Tayvanning ibtidoiy davri
- Tayvan mahalliy xalqlari (MET Studio tomonidan ishlab chiqilgan, London)
Fotogalereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Arxeologik artefakt (Beinan sayti)
-
Arxeologik artefakt (Beinan sayti)
-
Arxeologik artefakt (Beinan sayti)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ministry of Foreign Affairs, Republic of China (Taiwan). „Артефакты из глубины веков“ (ru). Тайваньская панорама (2003-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
- ↑ „About Us: The Museum“. National Museum of Prehistory. 2011-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.
- ↑ „Establishment“. National Museum of Prehistory. 2017-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
- ↑ „Museum offers insights into prehistoric life in Taiwan“. 2017-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.
- ↑ „Notice for Visitors“. National Museum of Prehistory. 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.