Kontent qismiga oʻtish

Tazar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tazar — yer ostidagi suv, yomgʻir, kor suvlarini yigʻib shahar tashqarisiga chiqarish va oqindilar uchun katta (yoʻgʻon) sopol quvurdan yoki gʻisht va loydan tayyorlangan maxsus qurilma. Qadimdan zahob yerlarning suvini qochiradigan zovur uslubidagi kuvurlar boʻlgan. Qad. Misr, Rim, Yunoniston va Hindistonda T. qoʻllangan. Dalvarzintepadan mil. 2—3-asrlarga oid boyzodagon uyining poli ostidan (3,5 m chuqurlikdan qazib olingan 20 ta T.ning uz. 93—98 sm, diametri 42— 46 sm boʻlgan) topilgan. Afrosiyobdan, Tojikistonning Qoʻrgʻontepa budda ibodatxonasidan (2—3-asrlar), Termizdagi Qoratepa budda ibodatxonasidan (2—3-asrlar), Afgʻonistonning Oyxonim sh. xarobasidan (mil.av. 4-asr), Marvpe.t Abdullaxon shaharqalʼa xarobasidan topilgan T.lar oʻziga xosdir. Oʻrta Osiyoda (11—16-asrlar) ark, oʻrda, qalʼa, turar joy meʼmorligi, Madrasa va hammomlar qurilishida T.dan foydalanilgani haqida yozma maʼlumotlar saqlangan. Hozirgi kunda koʻpqavatli uylar, jamoat binolari va boshqa qurilishlarda kanalizatsiya tizimidan foydalanilmokda.