Tears Don't Fall
„Tears Don't Fall“ | ||||
---|---|---|---|---|
Bullet for My Valentine qoʻshigʻi | ||||
„The Poison“ albomidan | ||||
A tomon | „Tears Don't Fall“ | |||
Chiqarilgan sanasi | 17-iyun 2006-yil[1][2] | |||
Janr | ||||
Davomiyligi |
| |||
Leybl | ||||
Matn muallif(lar)i | Matthew Tuck | |||
Bullet for My Valentine xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Tears Don't Fall“ YouTubeda |
„Tears Donʼt Fall“ Uelsda tuzilgan Bullet for My Valentine heavy metal guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. Guruhning The Poison nomli ilk studiyaviy albomining toʻrtinchi singli oʻlaroq 2006-yilning 17-iyunida chiqarilgan. Trustkill Records leybli tomonidan eʼlon qilingan. „Eng yaxshi singl“ nominatsiyasida Kerrang! mukofotini oldi. Qoʻshiq AQShda chop etiladigan Billboard jurnali yuritadigan Hot Mainstream Rock va Alternative Rock hit-paradlarida mos ravishda 24- va 32-pogʻonaga koʻtarildi.[10] 2013-yilda guruh ushbu qoʻshiqning davomi boʻlmish „Tears Donʼt Fall (Part 2)“ ni omma eʼtiboriga taqdim etdi, bu ashula guruhning Temper Temper nomli toʻrtinchi studiyaviy albomida eʼlon qilindi.
Klipi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiq klipiga Tony Petrossian rejissorlik qilib, u erkak va ayol oʻrtasidagi munosabatning qisqacha tarixi haqida hikoya qiladi. Klip juftlikning mashinadagi ishqiy munosabatlaridan boshlanadi. Ertasiga ham ayol xuddi kechagidek munosabat xohlaydi, biroq erkak buni istamaydi. Juftlik mashinada ketishayotganida, yoqilgʻi tugaydi. Erkak mashinasiga yoqilgʻi quyayotganida, ayol unga yaqinlashadi, oqibatda yoqilgʻi solingan kanistra erkakning qoʻlidan tushib ketib, toʻkiladi. Bundan jahli chiqqan erkak ayolni oʻzini qoldirib, mashinani haydab ketadi. Erkak mashinasi bilan mehmonxonada toʻxtaydi va oq-sariq sochli qiz bilan munosabatlarni boshlaydi. Yoʻlda qolib ketgan ayol esa yayov yurib, erkak kelgan mehmonxonaga yetib keladi. U erkak tashlab ketgan kanistrani olib, toʻgʻri yangi juftlik birga boʻlgan mehmonxona xonasiga kirib boradi hamda yondirib yuborish maqsadida juftlik va oʻziga benzin sepadi. Soʻng, zajigalkani yotoq ustiga tashlaydi, ammo u oʻt olmaydi. Chunki, kanistradagi benzin emas, oddiy suv boʻladi. Keyin, ayol dahshatga tushgan juftlikka qarab, istehzoli jilmayadi. Shuningdek, klip davomida Bullet for My Valentinening kuchli yomgʻir ostida ijro etayotgani ham koʻrsatiladi.
2022-yil mart holatiga koʻra, klip YouTubeda 202 million oshiq marta koʻrilgan.
Hit-paradlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hit-parad (2006) | Oʻrni |
---|---|
Finlandiya (Suomen virallinen lista)[11] | 17 |
Olmoniya (Official German Charts)[12] | 47 |
Shotlandiya (Scottish Singles and Albums Charts)[13] | 28 |
Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[14] | 37 |
Birlashgan Qirollik (UK Rock and Metal)[15] | 3 |
AQSh (Mainstream Rock)[16] | 24 |
AQSh (Alternative Airplay)[17] | 32 |
Jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Matthew „Matt“ Tuck — asosiy vokal, ritm- va solo-gitara
- Michael „Padge“ Paget — solo-gitara, bek-vokal
- Michael „Moose“ Thomas — barabanlar
- Jason „Jay“ James — bas-gitara, bek-vokal
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bullet For My Valentine - Tears Don't Fall (CD) at Discogs“. Discogs.com (17-iyun 2006-yil). Qaraldi: 1-sentyabr 2013-yil.
- ↑ „Tears Don't Fall [2 Track CD] - Bullet for My Valentine | Songs, Reviews, Credits, Awards“. AllMusic (17-iyun 2006-yil). Qaraldi: 1-sentyabr 2013-yil.
- ↑ „Top 50 Metal Bands Who Released Their First Album in the 21st Century“. Loudwire (21-sentyabr 2016-yil). — „Distancing themselves from the metalcore pool are the U.K.’s Bullet for My Valentine. Breaking into the scene with [metalcore] genre anthems "Tears Don’t Fall" and "4 Words (To Choke Upon)" off their debut record,“. Qaraldi: 19-oktyabr 2019-yil.
- ↑ Kremkau, Bryan „Bullet for My Valentine "Tears Don't Fall" Streams“. ReadJunk (18-sentyabr 2006-yil). 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-dekabr 2021-yil.
- ↑ „8 EMO TRACKS FOR THE LOVELORN ANTI-VALENTINE'S LOSER.“. When The Horn Blows. Qaraldi: 3-yanvar 2022-yil.
- ↑ 6,0 6,1 Bullet for My Valentine. „Bullet for My Valentine | Music Biography, Credits and Discography“. AllMusic. Qaraldi: 1-sentyabr 2013-yil.
- ↑ „Bullet For My Valentine Biography, Discography, Music News on 100 XR - The Net's #1 Rock Station!!!“. 100xr.com. 2013-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentyabr 2013-yil.
- ↑ „Bullet For My Valentine - Tears Don't Fall at Discogs“. Discogs.com. Qaraldi: 1-sentyabr 2013-yil.
- ↑ „Bullet For My Valentine - Tears Don't Fall PT. 1 CD Album“. Cduniverse.com. Qaraldi: 1-sentyabr 2013-yil.
- ↑ „Tears Don't Fall“. Qaraldi: 20-noyabr 2012-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Bullet for My Valentine: Tears Don't Fall“ (fi). Musiikkituottajat – IFPI Finland. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
- ↑ "Bullet for My Valentine – Tears Don't Fall" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
- ↑ "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
- ↑ "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
- ↑ "Official Rock & Metal Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
- ↑ "Bullet for My Valentine Chart History (Mainstream Rock)". Billboard. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
- ↑ "Bullet for My Valentine Chart History (Alternative Airplay)". Billboard. Qaraldi: 7-avgust 2017-yil.