Tech girls tech girls

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tech girls-15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Dasturning moddiy imtiyozlari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

— Viza toʻlovi qoplanadi.

AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.

— Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.

— Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.

— Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 16-dekabr 13:00 gacha qabul qilinadi.

Oʻzbekistonlik 2022-yil TechGirls loyihasi finalisti bilan suhbat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonlik finalist Sevinch Karimboyevaga „Tech girls“ loyihasi haqida batafsil maʼlumot bera olasizmi, qanday qiyinchiliklar boʻlgan? Deb savol bersak: „Tech girls“ dan oldin Fleks dasturida qatnashganman va yarimfinalist boʻlganman, keyin bir tanishim shu loyihani oʻzini ijtimoiy tarmogʻiga qoʻyganida qiziqib qolganman. Eng qiziqarlisi „Tech girls“da IT ni bilish kerak edi, oʻzi doim xohlardim shu yoʻnalishni oʻrganishni. Lekin negadir qoʻrqardim chunki steroitiplar koʻp edi „qiz bolasanku“, „qiyinku, nima qilasan bu yoʻnalishda oʻqib“ degan gaplarni koʻp eshitardim. Lekin bu gaplarga qaramasdan „IT“ ni oʻrgandim va „Tech girls“ ga topshirdim. Oʻzi esse yozish kerak edi va birinchi bosqichdan oʻtgandan keyin intervyu boʻlishi kerak edi. Birinchi bosqichdan oʻtganimdan keyin imeilimga xat kelgan "Cogratulations Semi-finalist, now itʼs time for 2nd part " deb, uncha xursand boʻlmaganman, chunki fleksda bunday xabarlarni oldin ham oʻqigandim. Mayli, deb intervyuga tayyorlandim shu payti „ICT4girls“ deb nomlangan lagerga qatnashgandim, bu ham qizlarga qaratilgan loyiha edi. Uyga kelganimni ertasi kuni intervyu boʻldi, ayajonlanayotgan edim.. Lekin hayajonimni bildirmasdan hamma savollariga oʻzimga ishonch bilan javob berganman. Rosa kutdim javob kelishini, lekin keyin oʻqishlarim b ilan boʻlib unutib yubordim, oʻtolmaganman deb oʻylaganman. 9-aprel kuni uyda yolgʻiz boʻlaganimda telefonimga xabar keldi. Ochib qarasam „Cogratulations Tech girls finalist“ degan yozuvni koʻrib koʻzimga yosh keldi, ishonmadim, boshidan oʻqidim, xayolimda tush koʻrayotgandek edim. Oyimga telefon qilib rosa yigʻlaganman, ular ham qoʻrqib ketishgan nimadur boʻldimikan deb. Keyin ustozimga telefon qilganman, oʻqib bering, men xato oʻqiyabman shekilli deganman, birozdan keyin yana oʻzlari qoʻngʻiroq qilganlar. (oʻqituvchim meni Selly deb chaqirardi). Tabriklayman Selly will be in US soon deb gapirgandi, yana yigʻlab yubordim. Toʻgʻrisi oʻsha paytdagi emotsiyalarimni, hayajonimni hozir tushuntirib berishim qiyin ekan. Lekin harakatlari, kechalari bilan dars qilib chiqqanlarimni oʻylab oʻzim bilan faxrlanganman va hammasi oʻzini vaqtida kelishini oʻylaganman

Dasturga qabul qilinganlar qachon joʻnab ketishadi?[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil iyul oyi boshida AQSHga joʻnab ketishadi va 25 kun davomida AQSHdagi Virginia Tech University oliygohida mashgʻulot oʻtishadi.

Grant kimlar uchun?[tahrir | manbasini tahrirlash]

15-17 yoshdagi qizlar uchun. == TechGirls ==  — AQSh Davlat departamentining Taʼlim va madaniyat masalalari byurosi tashabbusi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 https://grantlar.uz/15-17-yoshli-qizlar-uchun-aqshda-techgirls-yozgi-oromgohi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/
 https://techgirlsglobal.org/apply/eligibility-and-application-2/