Kontent qismiga oʻtish

Tedongan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yongsangu (Seul markazi) dagi barda bir shisha Tedongan pivosi

Tedongan (koreyscha: 대동강맥주, Tedongan mekchu; inglizcha: Taedonggang Beer) ― Shimoliy Koreyadagi eng keng tarqalgan va sevimli pivolardan biri.

Pivoning nomi Pxenyanning asosiy daryosi Tedongan nomidan olingan.

Pxenyanning Sadong tumanida, 2002-yil 29-noyabrdan beri xuddi shu nomdagi pivo zavodida ishlab chiqariladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 70 ml.

Tedongan — yarim orolning janubiy qismida sotib olinadigan yagona Shimoliy Koreya pivosi. Sotuvga uchta nav taklif etiladi: Och, Kuchli va Toʻq.

Asosiy savdo bozori — Pxenyan (KXDR). Pxenyanda 300 dan ortiq pivo barlari mavjud[1]. 2005-yildan beri Janubiy Koreyaga ham cheklangan miqdorda yetkazib berilmoqda.

Shimoliy koreyaliklar quritilgan mintayni achchiq soya sousiga botirib pivo ichishni afzal koʻradilar[1].