Kontent qismiga oʻtish

Takina xotun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Tegina Begim. Tegina Mohbegimdan yoʻnaltirildi)

Takina xotun, Tegina begim. Tegina Mohbegim (taxminan 1318 — 1353, hozirgi Shahrisabz) — Amir Temurning onasi. Amir Muhammad Taragʻayning xotini.

Takina xotun 16 yoshida Kesh amiri Muhammad Taragʻaybekka uzatilgan (1334). Keyinchalik yaratilgan "Qissai Temur" ("Malfuzoti Temuriy"), "Temur qissasi" va Toshkentlik tarixchi Salohiddin Toshkandiyning "Temurnoma" (1908) asarida Takina xotun hayotiga oid ayrim maʼlumotlar mavjud. "Temurnoma"da boʻlajak sohib-qiron Amir Temurning tavallud topish (1336-yil 9 aprelda) tafsilotlari taqdirning ilohiy hukmi sifatida tasvirlangan. Amir Temurning kelajakda buyuk inson boʻlib yetishuvida onasining hissasi katta boʻlgan. Takina xotun erining vafoti (1360)dan ancha avval qazo qilgan (1353).

Sohibqiron Amir Temur keyinchalik onasi va otasi dafn etilgan Keshdagi oilaviy xilxona ustida muhtasham maqbara qurdirgan. Amir Temur katta oʻgʻli Jahongir Mirzo 20 yoshida vafot etgach (1376), uni ota-onasining qabri yonida dafn etgan. Sohibqiron onasi xotirasiga atab, Keshda mashhur Oqsaroyni bunyod ettirgan.

  • Fasix Xavafi. Mudjmal-i fasixi., T., 1980;
  • Temurnoma (Amir Temur Koʻra-gon jangnomasi]. T., 1990;
  • Sharafiddin Ali Yazdiy., Zafarnoma, T.. 1997;
  • Amir Temur Koʻragon, Qissai Temur ("Malfuzoti Temuriy"), T., 2000.