Kontent qismiga oʻtish

Tektonik qoplam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tektonik qoplam (sharyaj) -qalinligi 100 m dan bir necha km gacha boʻlgan togʻ jinslarining qiya egribugri uzilma yuzasi boʻylab bir necha oʻn km gacha (baʼzan yuzlab km dan koʻp) masofaga siljigan qatlami. Tektonik qoplam hosil boʻlishining sabablaridan biri geosinklinal sistemalarda koʻndalang gorizontal siqilish natijasidir.