Kontent qismiga oʻtish

Tele2

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tele2
Turi

Aksariyat kompaniya

(Telekommunikatsiya, mobil aloqa, kabel televideniesi)
Shiori Why pay more? (Ko'p to'lash nimaga kerak?)
Qachon asos solingan 1993
Prezidenti

Mats Granried (Prezident),

Andrey Smelkov (Tele2 Qozog'iston prezidenti)
Aylanma daromadi 29 099 000 000[1]
Operatsion foydasi 5 466 000 000[1]
Boyligi 66 059 000 000[1]
Sof foydasi 3 731 000 000[1]
Vebsayti https://tele2.kz/kk/home

Tele2 AB — mobil aloqa diskounteri sifatida taniqli shved telekommunikatsiya kompaniyasi[2]. Kompaniyaning bosh qarorgohi Stokgolmda joylashgan.

Kompaniyaning asosin 1993-yili otasi Gyugo Stenbekning guruhidagi telekommunikatsiya yoʻnalishini rivojlantirishni boshlagan Yan Stenbek tashkil etgan[3]. 1988-yili kompaniya GSM formatida uyali aloqa xizmatin koʻrsatish litsenziyaga ega boʻldi, toʻrt yildan soʻng Shvetsiyada oʻzining birinchi tarmogʻini ishga tushirdi. 1993-yilda hozirgi nomi — Tele2 paydo boʻldi[3].

1996-yili kompaniya Shvetsiyadan tashqarida oʻz faoliyatini boshlaydi: 1997-2004-yillar oraligʻida Norvegiya, Estoniya, Litva, Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Gollandiya, Latviya va boshqa Yevropa mamlakatlarida oʻz tarmoqlarini rivojlantiradi. 2000-yili kompaniya birinchi 3G litsenziyasini oldi, 2009-yili 4G tarmoqlarini qurishni boshladi[3]. 2001-yildan boshlab Tele2 uyali aloqa operatori sifatida Rossiyada ish boshlaydi.

2007-yilning oktabr oyida Tele2 kompaniyasi oʻzining Italiya va Ispaniyadagi boʻlinmalarin Vodafone kompaniyasiga 775 million yevroga sotgani eʼlon qilindi[4].

2011-yilning mart oyida Tele2 kompaniyasi oʻzining Qozogʻiston Respublikasidagi chora-tadbirlarin amalga oshirish shartlarini eʼlon qildi. Tele2 mobil aloqa tarmog‘i o‘zining xizmat ko‘rsatishin 24-aprelda Aqto‘be viloyatidan boshladi. 2011-yilning may-iyun oylarida Tele2 qamrov zonasiga Ural, Olmaota, Chimkent va Ostona (shu jumladan yaqin atrofdagi aholi punktlari) kiradi[5]. Hozirgi paytda Tele2ning 3G tarmog‘i Qozog‘istonning barcha viloyat markazlarini qamrab olgan.

Egalari va boshqaruvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniyaning eng yirik aktsiyadorlari Investment AB Kinnevik (aksiyalarning 47,9%), qolgan aksiyalar erkin muomalada [2] .

Prezident — Mats Granried.

Xizmat doirasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
yashil rangda — Tele2 operatori boʻlib ishlayabgan mamlakatlar, qizil rangda — ilgari operator boʻlgan mamlakatlar

Tele2 xoldingi 2010-yilda Yevropaning 11 davlatida ishladi: Shvetsiya, Norvegiya, Niderlandiya, Germaniya, Avstriya, Xorvatiya, Estoniya, Latviya, Litva, Rossiya va Qozogʻiston 30 million mijozga mobil va turli xizmatlar, Internet va kabel televideniesi xizmatlarini taqdim etdi. TELE2ning litsenziyasi hududida 61 million kishi yashaydi. Bozor strategiyasi — mobil aloqa diskaunteri.

Qozogʻistonda Tele2

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilning dekabr oyida kompaniya „Qozoqtelekom“ davlat telekommunikatsiya operatoridan mahalliy uyali aloqa operatori „Mobil Telekom-Servis“ (MTS) uyali aolqa operatorining 51% aksiyasin sotib olish haqidagi shartnomani imzoladi (shartnoma 2010-yilning mart oyida yakunlangan). Shartnoma qiymati 545 million sved kronasi (76,7 million dollar)ni tashkil etdi (operatorga 360 million krona (50,6 million dollar) investitsiya qilish majburiyati bilan birga). Tele2, shuningdek, Amun Capital xususiy kapital firmasiga tegishli MTSning qolgan 49%ni 5 yilning ichida sotib olish imkoniyatiga ega opsiyonga ega boʻldi. 2012-yilning 29-aprelda Tele2 Atirau viloyatida uyali aloqani ishga tushirdi, shundan soʻng operator Qozogʻistonning barcha hududlarida ishlay boshladi[6].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 (unspecified title)Tele2. — С. 31.
  2. 2,0 2,1 Тимофей Дзядко. „«Сейчас стоит запастись терпением», — Матс Гранрид, генеральный директор Tele2“. // Ведомости, 17.05.2011, 87 (2853). 2011-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-may.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Tele2 в мире“. // ru.tele2.ru. 2011-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-may.
  4. „Kommersantʼ“, „Tele2 prodal podrazdeleniya v Italii i Ispanii“, 8 qazan 2007
  5. „Tele2 Qazaqstan“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
  6. „Tele2 vixodit na Natsionalniy uroven!“. 2013-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-oktyabr.
  • Mobil aloqa